PARAFIN

PARAFIN (nem. paraffi n, lot. ragshp — oz va affi ns — oʻxshash) — toʻyingan kattik uglevodorodlar S18 — S,5 aralashmasi. Mol. m. 300—400. Sof Parafin rangsiz, hidsiz, taʼmsiz modda. Qoʻlga yogʻdek unnaydi, suvda, spirtda erimaydi, koʻpgina organik erituvchilarda va mineral moylarda yaxshi eriydi. Suyuqlanish t-rasi 45—65°, zichligi 880 — 915 kg/m3. P., asosan, deparafinizatsiya … Читать далее

POLIPROPILEN

POLIPROPILEN — propilennmg termoplastik polimeri [—SN2=SN — SN3—]„; rangsiz kristall modda. Mol. m. 30000—500000. Suyuqlanish t-rasi 172°, zichligi 920—930 kg/m3. Kislotalar, ishqorlar, erituvchilar va anorganik yemiruvchi muhitlarga chidamli. Benzol, organik erituvchilar va efirda eriydi. Polipropilen propilenni oddiy t-ra va 10—40 atm. bosimda katalizator ishtirokida polimerlab olinadi. Polipropilen mahsulotlari puxta va yeyilmaydi, dielektrik. Tolalar, plyonkalar, idishlar, … Читать далее

POLIVINIL SPIRT

POLIVINIL SPIRT [-SN2-— (SNON)—]p — oq rangli qattiq polimer modda. Mol. m. (5—200)-103. Suyuqlanish t-rasi 225—230°, parchalanish t-rasi 170—230°; zichligi 1270—1300 kg/m3; gigroskopik. Suvda, glikol va glitserinda eriydi, alifatik va aromatik uglevodorodlar (benzin, benzol va h. k.)da deyarli erimaydi. Polivinil spirt oʻzining murakkab poliefirlari (mas, poli-vinilatsetat) ni gidrolizlab olinadi. Polivinilatsetatlar olishda qoʻllanadi. Tola, emulgator, yelim, … Читать далее

PERGAMENT

PERGAMENT (mil. av. 2-a. da xat yozish uchun xizmat qiladigan material pergament tayyorlana boshlangan Pergam shahri nomidan) — 1) maxsus ishlov berilgan mol va choʻchqa terisi; doira, doʻmbira, baraban va baʼzi mashina de-tallari uchun ishlatilgan; 2) sulfat kislota (H2SO4) bilan ishlov berilgan qogʻoz; shaffof, yogʻ va suvni oʻtkazmaydi. Materiallarni oʻrashda, izolyatsiya materiali sifatida va b. … Читать далее

PAZANDACHILIK

PAZANDACHILIK — xom oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan xilma-xil taomlar va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash mahorati. Ovqatlanishni tartibga solish, taomlar xilma-xilligini taʼminlash, lazzatli taomlar tayyorlash va did bilan dasturxonga tortish Pazandachilikning asosini tashkil qiladi. Turli xalqlarning milliy Pazandachilikda shu millat xalqiga xos muayyan milliy Pazandachilik taom turi boʻladi. Mac, oʻzbeklarda palov, rus pazandaligida shchi, bilini; ukrainlarda borshch, … Читать далее

MIKOTOKSIKOZLAR

MIKOTOKSIKOZLAR (yun. mykes zamburugʻ va toxikon — zahar) — chorva mollarida uchraydigan zaharlanish. M. zamburugʻlar zahari (toksinlari) bilan zararlangan ozuqalarni yeyishdan paydo boʻladi. Kasallik toʻsatdan paydo boʻlishi, ommaviy tarqalishi, inkubatsiya davrining qisqaligi, yuqmasligi b-n tavsiflanadi. Mikotoksikozlar kuzda yoki qishdan keyin gʻallagulli oʻtlar yigʻishtirib olinmagan, oʻsimliklar nobud boʻlgan yaylovlarda bahorda mol boqilganda, molxonada boqish davrida esa … Читать далее

TRINITROFENOL

TRINITROFENOL, pikrin kislota, C6H3O7N3 — sariq rangli kristallar. Mol. m. 229,11. Suyukdanish trasi 122,5°, zichligi 1760 kg/m3. Portlovchi modda, portlash xossasi jihatidan trinitrotoluola yaqin. 20-a. ning 1choragidan boshlab oʻqdorilarga koʻplab ishlatilgan. Mexanik taʼsirlarga juda sezgirligi tufayli ishlatilishi cheklangan. Fenoldisulfoklslotani nitrat va sulfat kislota aralashmasi bilan nitrolab olinadi. Пост Навигацияси

KIMYOVIY INGIBITORLAR

KIMYOVIY INGIBITORLAR — kimyoviy reaksiyalarni sekinlashtiruvchi yoki toʻxtatib qoʻyuvchi moddalar. Faol markaz yoki faol zarrachalar ishtirokida boradigan katalitik va zanjir reaksiyalarda qoʻllaniladi. Kimyoviy ingibitorlar reaksiya jarayonida katalizatorning faol markazlarini toʻsadi yoki faol zarrachalar bilan taʼsirlashib, zanjirni davom ettira olmaydigan nofaol radikallar hosil qiladi va natijada reaksiyaning toʻxtashiga sabab boʻladi. Kimyoviy ingibitorlar sistemaga reaksiyaga kirishuvchi moddalarning … Читать далее

MOLYAR ERITMA

MOLYAR ERITMA — 1 l eritmada erigan moddaning grammmolekula (mol)lari soni bilan ifodalanadigan eritma konsentratsiyasi. Bunday eritma M harfi bilan belgilanadi. Bu harfning oldiga eritmaning «molyarligini», yaʼni uning 1 litrida erigan moddaning mollar sonini koʻrsatadigan koeffitsiyent qoʻyiladi. Mac, 2 M eritmaning 1 litrida 2 mol erigan modda borligini, 0,3 M eritmaning 1 litrida 0,3 mol … Читать далее

PANZOOTIYA

PANZOOTIYA (pan… va yun. zoon — hayvon) — hayvonlar oʻrtasida yuqumli kasallikning gʻoyat tez va keng tarqalishi. Panzootiyada yuqumli kasallik bir yoki bir necha mamlakatda, butun qitʼada keng tarqalib, deyarli hamma hayvon kasallanadi. Oqsil kasalligi, oʻlat va b. shunday kasalliklardan. Bu kasalliklar tez yuqadi, inkubatsiya davri qisqa, kasal hayvon tuzalgandan keyin kuchli immunitet hosil boʻlmaydi. … Читать далее