PARAFIN

PARAFIN (nem. paraffi n, lot. ragshp — oz va affi ns — oʻxshash) — toʻyingan kattik uglevodorodlar S18 — S,5 aralashmasi. Mol. m. 300—400. Sof Parafin rangsiz, hidsiz, taʼmsiz modda. Qoʻlga yogʻdek unnaydi, suvda, spirtda erimaydi, koʻpgina organik erituvchilarda va mineral moylarda yaxshi eriydi. Suyuqlanish t-rasi 45—65°, zichligi 880 — 915 kg/m3. P., asosan, deparafinizatsiya usulida ketonlar bilan toluol aralashmasidan, moyli neft distillatlarini moysizlantirish va tozalash yoʻli b-n, shuningdek, sunʼiy usulda uglerod (I)-oksidni vodorod bilan qay-tarib olinadi. Izolyatsion material sifatida, yogʻochni parafinlashda, qogʻoz, toʻqimachilik, poligrafiya, koʻn, lokboʻyoq sanoatida, elektrotexnika, tibbiyotda qoʻllanadi. Yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar, yuvuvchi va sirt faol moddalar olishda ishlatiladi (yana q. Toʻyingan uglevodorodlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x