ENDOMETRIT

ENDOMETRIT (endo… va yun. bachadon) — bachadon shilliq qavati — endometriyning yalligʻlanishi. Endometritni septik infeksiya (streptokokk, stafilokokk, gonokokk, ichak tayoqchasi) va boshqalar mikroorganizmlar qoʻzgʻatadi. Endometrit soʻzak, sil kasalliklari oqibatida ham yuzaga keladi. Bachadonga infeksiya qon va limfa yoʻllari orqali oʻtadi. Endometrit oʻtkir va surunkali kechadi. Kasallik belgilari abort yoki tugʻruqdan keyin 3—4kuni yuzaga chiqadi. Bachadonda … Читать далее

EKSSUDAT

EKSSUDAT (lot. — tashqariga chiqaman, ajralaman) — yalligʻlanish tufayli mayda venalar va kapillyarlardan atrofdagi boʻshliq va toʻqimalarga sizib chiqadigan suyuqlik. Tarkibida oqsil, leykotsitlar, eritrotsitlar va koʻpincha mikroblar boʻladi. Ekssudat hamma yalligʻlanish jarayonlarida hosil boʻlib, tana boʻshliklarida toʻplanadi. Ekssudat atrofdagi toʻqimalarni siqib, ular faoliyatining buzilishiga, yalligʻlanish oʻchogʻidan toʻqimalarga yorib oʻtganda infeksiya tarqalishiga sabab boʻladi. Tarkibiga koʻra, … Читать далее

EPIDEMIOLOGIYA

EPIDEMIOLOGIYA (epidemiya va …logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infeksion kasalliklarnit kelib chiqish sabablari, tarqalishini oʻrganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadi. Epidemiologiya biol., mikrobiologiya, virusologiya, genetika, biokimyo, fizika va boshqalar fanlar bilan chambarchas bogʻliq. Umumiy va xususiy Epidemiologiya farqlanadi. Umumiy Epidemiologiya yuqumli kasalliklar tasnifining evolyutsion asoslari, epidemik jarayon, Epidemiologiyaning kategoriya va … Читать далее

KATAR

KATAR (yun. katarrheo — oqib tushaman) , kataral yalligʻlanish — shilliq pardalarning qizarishi, boʻrtishi va shilimshiqaralash koʻp suyuqmodda (ekssudat) chiqishi bilan kechadigan yalligʻlanish. Ekssudat tiniq (seroz), shilim-shiq, baʼzan yiring aralash boʻladi. Katarga, koʻpincha, infeksiya (yuqori na-fas yoʻllari va bronxlar katari) sa-bab boʻladi. Meʼda K. — gastrit, odatda, ovqatlanish maromining buzili-shi, ichkilik va tamakiga ruju qilish, … Читать далее

EPIDIDIMIT

EPIDIDIMIT (yun. moyak ortigʻi) — moyak ortigʻining yalligʻlanishi. Infeksiya kirishi yoki yorgʻoqqa shikast yetishi sabab boʻladi. Stafilokokk, streptokokk hamda sil, brutsellyoz, soʻzak, zoxmdan kelib chiqadigan Epididimitlar farq qilinadi. Infeksiya moyak ortigʻiga (gripp, zotiljam va boshqalar kasalliklarda) qon orqali yoki urugʻ yoʻllaridan oʻtadi. Epididimit oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻt kir E. toʻsatdan boshlanadi, moyak ortigʻi, yorgʻoq … Читать далее

SALMONELLYOZLAR

SALMONELLYOZLAR — odam va xayvonlarda salmonellalar qoʻzgʻatadigan yuqumli oʻtkir ichak kasalligi. Meʼdaichak yoʻllari jarohatlanishi b-n kechadi. Qoʻzgʻatuvchisi enterobakteriyalar oilasiga mansub, grammanfiy Salmonella tayoqchalari. Infeksiya manbai bemor odam va hayvon. Bemor yoki bakteriya tashuvchi xam infeksiya manbai boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda S, asosan, sporadik (alohida qayd qilinadigan), baʼzan cheklangan kasallik sifatida kuzatiladi. Kasallik yil davomida, koʻpincha yozkuz … Читать далее

XOLANGIT

XOLANGIT (yun. chole — oʻt va anderon — tomir) , angioxolit — oʻt yoʻllarining yalligʻlanishi. Xolangitni, odatda, ichak tayoqchasi va b. mikroblar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha xoletsistit, oʻttosh kasalligi bilan birga kechadi. Infeksiya oʻt yoʻllariga oʻt pufagi, meʼdaichak yoʻli, meʼda osti bezidan va limfa, qon orqali tushishi mumkin. Shuningdek, oʻt yoʻli motor funksiyasining buzilishi yoki tosh paydo … Читать далее

EKZEMA

EKZEMA (yun. — pufakcha, toshma) , gush — terining allergik kasalligi (q. Allergiya). Nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, organizmda surunkali infeksiya manbai boʻlishi (tonzillit, gaymorit va boshqalar), shuningdek, meʼdaichak kasalliklari oqibatida organizm sezuvchanligining ortishi va boshqalar Ekzemaga sabab boʻladi. Ekzema oʻtkir boshlanib, keyin surunkali tus olishi va qaytalashi mumkin. Ekzemaning oddiy (vulgar), surunkali, kontaktli, … Читать далее

EPIZOOTIYA

EPIZOOTIYA (epi — da va yun. — hayvon) — hayvonlarda biror yuqumli kasallikning keng tarqalishi; kasallikning maʼlum vaqt ichida katta hududga (xoʻjalik, tuman, viloyat va boshqalar) yoyilib ketishi. Epizootiya koʻrinishidagi yuqumli kasalliklarga oksil, oʻlat va qoramollar peripnevmoniyasi, choʻchqa oʻlati, nyukasl kasalligi va boshqalar kiradi. Epizootiyaga qarshi kurash — infeksiya manbaini zararsizlantirish, kasal mollarni tezda ajratish, … Читать далее

OʻLAT

OʻLAT, toun — odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli karantin kasalligi. Odamda umumiy ahvolning ogʻirlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining koʻtarilishi, limfa bezlari, oʻpka va boshqalar aʼzolarda yalligʻlanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va koʻplab bemorlar nobud boʻlishi tufayli Oʻlat oʻta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. Oʻlat qadimdan maʼlum, uning epidemiyalari tez-tez uchrab turgan va koʻplab kishilarning … Читать далее