EPIDIDIMIT

EPIDIDIMIT (yun. moyak ortigʻi) — moyak ortigʻining yalligʻlanishi. Infeksiya kirishi yoki yorgʻoqqa shikast yetishi sabab boʻladi. Stafilokokk, streptokokk hamda sil, brutsellyoz, soʻzak, zoxmdan kelib chiqadigan Epididimitlar farq qilinadi. Infeksiya moyak ortigʻiga (gripp, zotiljam va boshqalar kasalliklarda) qon orqali yoki urugʻ yoʻllaridan oʻtadi. Epididimit oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻt kir E. toʻsatdan boshlanadi, moyak ortigʻi, yorgʻoq sohasi qattiq ogʻriydi, gavda t-rasi koʻtariladi, ogʻriq chov va yonbosh sohalariga tarqaladi, moyak ortigʻi kattalashib, qattikdashadi, yorgʻoqning tegishli yarmi qizarib, shishadi. Agar yalligʻlanish kuchli boʻlsa, moyakda shish paydo boʻladi. Surunkali Epididimit vaqgvaqti bilan qoʻzib turadi. ʻ E. ni vaqtida oldi olinmasa, kasallik urugʻ oʻtuvchi yoʻllarning berkilib qolishi va bepushtlikkya olib kelishi mumkin. Davosi . Yorgʻoqqa suspenzoriy (maxsus xaltacha) taqiladi, fizioterapevtik muolajalar (UVCH terapiya, ultratovush), antibiotiklar buyuriladi. Epididimitga sabab boʻlgan omillar bartaraf etiladi. Moyak ortigʻi yiringlasa operatsiya qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x