KATAR

KATAR (yun. katarrheo — oqib tushaman) , kataral yalligʻlanish — shilliq pardalarning qizarishi, boʻrtishi va shilimshiqaralash koʻp suyuqmodda (ekssudat) chiqishi bilan kechadigan yalligʻlanish. Ekssudat tiniq (seroz), shilim-shiq, baʼzan yiring aralash boʻladi. Katarga, koʻpincha, infeksiya (yuqori na-fas yoʻllari va bronxlar katari) sa-bab boʻladi. Meʼda K. — gastrit, odatda, ovqatlanish maromining buzili-shi, ichkilik va tamakiga ruju qilish, zaharlanish va b. natijasida roʻy beradi. Katarning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir Katarda yalliglanish oqibatida ajralayotgan suyuklik asta-sekin kamayib, bemor butunlay tuzalib ketadi. Oʻtkir Katar vaqtidadavo-lanmasa, surunkali Katarga aylanada. Surunkali Katar yillab davom etib, vaqt-vaqti bilan zoʻriqib turadi, bora-bora shilliq parda yupqa tortib (atrofiya) yoki, aksincha, qalinlashib (gipertrofiya), aʼzo funksiyasi buziladi. Mac, meʼdaning surunkali katari (surunkali gastrit)da meʼda shirasi ajralmay qoladi; bronxlar shilliq pardasi surunkali Katar oqibatida oʻzgarib, nafas yoʻllari va oʻpkaning yalligʻlanishi kabi kasalliklarning avj olishiga imkon tugiladi. Kasallikning oldini olishda sovqotishdan oʻzni ehtiyot qilish, organizmni chiniqtirish, za-rarli odatlardan cheklanish muhim. Davo qaysi aʼzo kasallanganligiga qarab buyuriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x