IPAKCHILIK SANOATI

IPAKCHILIK SANOATI — yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham Ipakchilik sanoatiga kiradi. Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak qurti … Читать далее

IBN SINO

IBN SINO, Abu Ali alhusayn ibn Abdulloh ibn alhasan ibn Ali (980.8, Afshona qishlogʻi — 1037.18.6, Hamadon sh., Eron) — jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan oʻrtaosiyolik buyuk qomusiy olim. Gʻarbda Avitsenna nomi b-n mashhur. Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx sh. dan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga … Читать далее

KIMYO SANOATI

KIMYO SANOATI — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, … Читать далее

VINO-ARAQ SANOATI

VINO-ARAQ SANOATI — oziqovqat sanoati tarmogʻi. Bu tarmokda uzum va meva hamda rezavor mevalar vinosi, sharbati, shampan vinosi, konyak, etil spirtidan tayyorlangan oʻtkir ichimliklar, har xil araq turlari, likyor-araq mahsulotlari (likyorlar, balzamlar va b.) ishlab chiqariladi. Tokchilik va vinochilik tarixida vino Yunoniston, Finikiya va b. joylarda mil. av. 5-a. dan boshlab tayyorlangani haqida maʼlumot bor. … Читать далее

GUMBAZ MADRASA

GUMBAZ MADRASA — Andijon viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (1872). Bosh tarzidagi yozuvda mahalliy boy Abdulhamidhoji buyurtmasi asosida Buvanazar oʻgʻli Quramboy rahbarligida qurilgani qayd etilgan. Madrasa dastlab ikki qavatli, chortoq tarxli hujralar, masjid xamda darsxona va atrofi devor bilan oʻralgan kichik hovlidan iborat boʻlgan (peshtoq-gumbazli bino va ikki qavatli hujralar saqlangan). Bosh tarzi burchaklariga bezakdor mezana — … Читать далее

GELMINTOLOGIYA

GELMINTOLOGIYA (gelmintlar va…logiya) — parazit chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganadigan fan. G. parazit chuvalchanglarning tuzilishi, fiziologiyasi, biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va zoologiya sistemasidagi oʻrnini, shuningdek ularning xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi, Gelmintoz kasalliklarga (q. Gelʼmintozlar) tashhis qoʻyish, ularning klinik belgilari, patogenezi, epidemiologiyasi va epizootologiyasini oʻrganish, ular asosida … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее

GIDROUZEL

GIDROUZEL, gidrotexnika inshootlari uzeli — joylashishi va uygʻunlikda ishlash sharoitlari boʻyicha birlashgan gidrotexnika inshootlari guruhi. Asosiy vazifasiga koʻra gidroenergetika (Chirchiq daryosidagi Gʻazalkent, Sirdaryodagi Farhod); energetika, sugʻorish, suv taʼminoti, baliqchilik xoʻjaligi uchun daryodan suv olishni taʼminlaydigan suv olgichlar (Sux daryosidagi Sariqoʻrgʻon va b.); daryo oqimini tartibga soladigan (Chirchiq daryosidagi Chorvoq, Qoradaryodagi Andijon); suv transporti G. va … Читать далее

BAHOR ANSAMBLI

«BAHOR» ANSAMBLI, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi B«ahor» xalq raqs ansambli — «Oʻzbekraqs» birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957-y. tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turgʻunboyeva (1979-y. gacha), shuningdek B. Aliyev, Q. Dadayevham tashkilotchilardan. Keyingi badiiy rahbarlari: Qunduz Mirkarimova (1979 – 88), Ravshanoy Sharipova (1988 — 90), Maʼmura Ergasheva (1990-y. dan). Musiqa rahbari Baxtiyor Aliyev … Читать далее

YASHIN

YASHIN, Komil Yashin (taxallusi; asl nomi Nuʼmonov Komil) (1909.25.12, Andijon — 1997.25.9, Toshkent) — shoir, dramaturg, publitsist va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1969), Oʻzbekiston FA akad. (1968), Mehnat Qahramoni (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1939). H. Nosirovaning turmush oʻrtogʻi. Leningraddagi oʻrmon xoʻjaligi in-tida oʻqigan (1925— 28). Andijon maktablarida oʻqituvchilik qilgan (1928—30). Andijon viloyat … Читать далее