GUMBAZ MADRASA

GUMBAZ MADRASAAndijon viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (1872). Bosh tarzidagi yozuvda mahalliy boy Abdulhamidhoji buyurtmasi asosida Buvanazar oʻgʻli Quramboy rahbarligida qurilgani qayd etilgan. Madrasa dastlab ikki qavatli, chortoq tarxli hujralar, masjid xamda darsxona va atrofi devor bilan oʻralgan kichik hovlidan iborat boʻlgan (peshtoq-gumbazli bino va ikki qavatli hujralar saqlangan). Bosh tarzi burchaklariga bezakdor mezana — guldastalar qurilgan. Darvozaxona va hujralar tomi gumbaz bilan qoplangan. Peshtoqining ikki yonidagi hujralar tepasidagi ayvonlar shifti hovuzaqli. Peshtoq bezakdor panjarali ravoqlar tizmasi b-n, usti esa kungirador bezak b-n yakunlanib, ikki yoniga ustungoʻshalar ishlangan, ganch va girih naqsh bilan pardozlangan. Ravoqsimon, tokchalari ichida husnixat arabiy yozuvlar, guldor naqshlar hamda madrasani taʼmirlagan (1914) usta Soʻfixon nomi saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x