BAHOR ANSAMBLI

«BAHOR» ANSAMBLI, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi B«ahor» xalq raqs ansambli — «Oʻzbekraqs» birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957-y. tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turgʻunboyeva (1979-y. gacha), shuningdek B. Aliyev, Q. Dadayevham tashkilotchilardan. Keyingi badiiy rahbarlari: Qunduz Mirkarimova (1979 – 88), Ravshanoy Sharipova (1988 — 90), Maʼmura Ergasheva (1990-y. dan). Musiqa rahbari Baxtiyor Aliyev (1965-y. dan). 1964-y. dan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ansambl. 1979-y. dan M. Turgʻunboyeva nomida.

«B». a. ijrochilarining asosini Toshkent Xoreografiya bilim yurtini tamomlagan qizlar va Toshkent davlat konservatoriyasi. Oʻzbekiston musiqa maktablarini tugatgan joʻrnavoz sozanda. xonandalar tashkil etadi. 3. Rahmatullayeva, D. Kerimova, N. Atamanova, T. Yunusova, A. Toʻlaganova, D. Abdullayeva, N. Bashirova, E. Rasulxoʻjayeva, K. Rahmatullayeva, N. Alimboyeva kabi raqqosalar, B. Aliyev, R. Hamdamov, E. Karimov, Q. Dadayev, R. Akbarbekov, Oʻ. Rizayev, S Toʻxtasinov, B. Xoliqov, K – Nosirov, K. Komilov singari sozandalar hamda O. Matyoqubov, B. Ioʻddoshev va b. xonandalar ansamblning dastlabki ijodkorlaridir. Ansambl repertuarida 200 dan ortiq yakka va ommaviy raqslar bor. «Bahor ansambli» a. oʻzbek xalqining koʻp asrlar mobaynida toʻplangan anʼanaviy raqs madaniyati b-n jahon zamonaviy raqslari yutuqlarini mujassamlantirgan. U tarixiy-etnografik va zamonaviy xalq raqslari asosida yangi maz-mun kasb etuvchi sahna raqslari ijod etdi. «Zang», «Davra», «Katta oʻyin», «Tanavor», «Lazgi», «Munojot» kabi oʻzbek mumtoz raqslari shular jumlasidandir. Ansambl repertuarini yanada boyishi, jahonga tanilishida 60-y. larning oxiri va 70-y. larda ansamblga kelib qoʻshilgan M. Ergasheva, G. Fo-ziljonova, Oʻ. Muhamedova, G. Joʻrayeva, F. Nizomitdinova, D. Ziyoxonova, R. Ni-zomova, R. Sharipova, V. Romanova, G. Hamroyeva, M. Haydarova, D. Yunusovalarning xizmatlari kattadir. «Bahor ansambli» a. oʻz dasturini Oʻzbekistonning turli hududlariga xos yangi-yangi raqslar b-n ham boyitmoqda. Fargʻona, Namangan, Andijon, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xorazm raqslari qatorida Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi barcha xalqlar va qoraqalpoq xalqining raqslari ansambl dasturidan oʻrin olgan. «Bahor valsi», «Diddor», «Fargʻona ruboiysi», «Gulnoz», «Namangan olmasi», «Andijon polkasi», «Piyola» singari fargʻonacha uslubda yaratilgan raqslar, shuningdek «Samarqand beshqarsagi», «Buxoro davrasi», «Xorazm lazgisi», «Qirq qiz», «Nilufar», «Ok oltin», «Dugonalar», «Shoʻxi pari», «Nozanin», «Guldasta» kabi raqslar tomoshabinlarga manzur. Mehnat shavqi aks etgan «Pilla», «Paxta bayrami» raqs syuitalari va «Gulsara», «Namangancha», «Rohat», «Pomir raqsi» qizlarning eng sevgan raqslaridir. «Yetti sayyora», «Samarqand bahori», «Qudaandalar», «Choʻpon», «Qoʻgʻirchoq» kabi syujetli raqslar ansambl repertuarining xil-ma-xilligini oshirdi. Jamoa repertuaridan hind, pokiston, birma, yapon, koreys, arab, turk, afgʻon, kuba, ven-ger, Vyetnam, chex kabi jahon xalqlarining raqslari munosib oʻrin olgan. Ansamblning koʻpgina raqslari qoʻshiq bilan ijro etiladi. Qoʻshiqlarni xonandalar (Ahmadjon Shukurov, Xayrulla Lutfullayev va b.) dan tashqari qizlarning oʻzlari ham sozandalar bilan aytadilar. «In-tizor», «Uloq», «Oʻzbegim» kabi qizlar lapari mashhur.

Keyingi yillarda «Bahor ansambli» a. ning «Besh goʻzal», «Toʻyona», «Oʻzbekiston qizlari», «Navroʻz», «Mukarramaxonim oʻynasa», «Bahor nashidasi», «Erkalab», «Oʻzbekiston istiqloli», «Majnuntol» kabi ommaviy va kompozitsiyali raqslari shuhrat qozondi. Ansambl raqslarini sahnaga qoʻyganlar: Mukarrama Turgʻunboyeva, Galiya Izmaylova, Gʻaffor Vallomatzoda, Isoxor Oqilov, Qunduz Mirkarimova, Amina Dilbo-ziy, Maʼmura Ergasheva va b.

«Bahor ansambli» a. 1996-y. dan «Oʻzbekraqs» birlash-masida faoliyat koʻrsatadi. Ansamblda 60 kishi qatnashadi (2000). Toshkentda Mustaqillik maydonida oʻz konsert zaliga ega. Yetakchi artistlari: Rushana Sultonova, Gulnora Nizomova, Roza Adamboyeva, Yelena Toʻxtayeva, Olima Yokubova (raqqosalar), N. Toʻraxoʻjayev, I. Hamdamov, K. Mirzayev, M. Foziljonov (sozandalar), Erkin Roʻzimatov (xo-nanda). Ansambl Liviya, Marokash, Ja-zoir, Tunis, Hindiston, Singapur, Malayziya, Pokiston, Afgʻoniston, Jan. Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Moskvada boʻlib oʻtgan jahon yoshlari va tal aba lari 6-festivali, Leypsigda oʻtkazilgan xalq raqslari 8-festivali (1971) laureati.

Muhsin Qodirov, Mohina Ashirova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x