GʻIJJAK

GʻIJJAK — torlikamonli musiqa cholgʻusi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, qoraqalpoq, turkmanlarda hamda kamon. kemancha nomi bilan ozarbayjon, arman, gruzin, eron, turk va b. Sharq xalqlarida keng tarqalgan. Oʻrta asr musiqa risolalarida bayon etilgan rivoyatlarga koʻra uni (gʻipchak nomi b-n) Forobiy yaratgan, Ibn Sino dastlabki 2 torini kvartaga soxtagan, Qulmuhammad Udiy esa Gʻijjakka 3 – torni qoʻshgan. … Читать далее

KATTAQOʻRGʻON

KATTAQOʻRGʻON — Samarqand viloyatidagi shahar. Zarafshon vodiysida, Narpay kanalining chap sohilida, 485 m balandlikda. Kattaqoʻrgʻon tumani hududida, t. y. stansiyasi. Samarqand sh. dan 88 km shim.-gʻarbda. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2°, iyulniki 27,2°. Yillik yogʻin 282 mm. Aholisi 76,3 ming kishi (2002). Koʻpgina arxeologik qazilmalar qad. Kattaqoʻrgʻonning boy madaniyatidan darak beradi. 1908-y. da oʻtkazilgan arxeologik … Читать далее

KAMOLIY

KAMOLIY — oʻrtapishar qovun navi. Oʻrtacha kattalikda. Uz. 20—27 sm, ogʻirligi 2—3 kg. Sirti sal gʻadirbudir. Yirik, oʻrtacha dagʻal toʻrlar bilan qoplangan. Tuyey tuk, jigarrangga moyil yashil. Poʻstining qattiqligi oʻrtacha. Etining qalinligi 3—4,5 sm, oq, sershira. Tarkibida 7—10,8% qand, 3,8—6,1% saxaroza, 8,6—12% quruq modda bor. Urugxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik, nashtarsimon, sal bukilgan, sariq. Urugʻi koʻkarib … Читать далее

ZUFAROV Komiljon Ahmadjonovich

ZUFAROV Komiljon Ahmadjonovich (1925.1.5 – Toshkent – 2002.30.7) – gistolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). ToshTI ni tugatgan (1951). 2-jahon urushi qatnashchisi, Andijon tibbiyot in-ti gistologiya kafedrasi mudiri va f-t dekani (1955—57), Oʻlka tibbiyot in-ti va Oʻzbekiston FA yadro fizikasi in-tida lab. mudiri (1957—65), ToshTI rekto-ri (1956—71), Oʻlka tibbiyot … Читать далее

ISLIMIY

ISLIMIY — oʻsimliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg, butalar tashkil etadi. Islimiy bir-biriga uzluksiz ulanib, oʻralib ketadigan chirmoviqsimon, oʻsimliksimon naqshlarning takrorlanishidan tashkil topadi. Shuning uchun baʼzan ustalar uni oʻrama yoki oʻsimliksimon naqsh deb ham ataydilar. Islimiy naqshning xillari koʻp, u qaysi shakl bilan toʻldirilsa, naqsh shu shaklning nomi … Читать далее

ISOQOVA Sharofat Jabborovna

ISOQOVA Sharofat Jabborovna (1948.1.5, Guliston tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Andijon ped. intini tugatgan (1971). 1971-y. dan Guliston tumanidagi 5-, 1-, 1980-y. dan 14-maktabda kimyo-biol. oʻqituvchisi. U oʻz faoliyati davrida bir qancha gerbariy va albomlar tayyorladi, zamon talabiga mos kimyo xonasini tashkil etdi. Darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida koʻrgaz-mali qurollar, texnik vositalar yordamida … Читать далее

IZBOSKAN TUMANI

IZBOSKAN TUMANI — Andijon viloyati shim. da joylashgan. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Andijon viloyatining Paxtaobod, Andijon, Baliqchi, Oltinkoʻl tumanlari, Namangan viloyati, Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,28 ming km2. Aholisi 170,6 ming kishi (2001). Izboskan tumanida 1 shahar (Poytugʻ) va 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Izboskan, Namuna, Shermatobod, Erkin, Yakkatut, Yangi-zamon, Yangiqishloq, Oʻrtoklar, Qizil … Читать далее

IBODOV Ismoil Yusupovich

IBODOV Ismoil Yusupovich (1927.25.10 – Andijon – 1998.1.5) xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari d-ri (1969), prof. (1971). ToshTI (1953). Andijon viloyat kasalxonasi xirurgiya boʻlimida ordinator (1953 — 58), Anjidon tibbiyot in-ti umumiy xirurgiya kafedrasi assistenta, dotsenti, kafedra mudiri va prof. (1958 — 96). Ilmiy ishlari, asosan, meʼda-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining … Читать далее

ISʼHOQOVA

ISʼHOQOVA Malohat (1925.15.1, Mar-gʻilon) — oʻzbek raqqosasi, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Yangiyoʻl teatrida (1942—49), Muqimiy teatrida (1949—54) yakka raqqosa. Andijon teatrida raqqosa va bosh baletmeyster (1954 — 80; 1989-y. dan). 1980—84 y. lar Andijon viloyat filarmoniyasining direktori. Usta Olim Komilov, M. Turgʻunboyeva, I. Oqilov, R. Karimova va b. dan raqs sirlarini oʻrgangan. Ijodining shakllanishiga … Читать далее

ZARDEVOR

ZARDEVOR — kashta tikib bezatiladigan badiiy buyum; uy bezagi. Eni 40 — 70 sm, uzunligi uy devorini qamrab oladigan qilinadi. Uy devorining yuqori qismiga shiftga taqab gir aylantirib qoqiladi. Baxmal, sidirgʻa shoyi, satinga yoʻrma, bosma, ilma choklarda rangbarang ipaklar, zar ip Zardevor bilan qoʻlda kashta tikib, gajim tutib bezatiladi. Bezak mujassamotini oʻsimliksimon naqshlar tashkil qiladi: … Читать далее