GIBERNATSIYA

GIBERNATSIYA (yun. hibematio — kishlash, qishki uyqu yoki hibernatio — qishki) — 1) yilning noqulay mavsumida yashab qolish uchun hayvonlarda barcha hayot jarayonlarining vaqtincha toʻxtashi, qishki uyqu; 2) issiq qonli hayvonlar va odam organizmы faoliyatining sunʼiy ravishda sekinlashtirilgan holati. Termoregulyatsiyattg neyroendokrin mexanizmlarini toʻsuvchi neyroplegik vositalarni qoʻllash orqali hosil qilinadi. G . da organizm kislorod tanqisligi … Читать далее

YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YASHASh UCHUN KURASH

YASHASh UCHUN KURASH — evolyutsion taʼlimotning asosiy tushunchalaridan biri. Ch. Darvin Ya. u. k. tushunchasidan tur individlari va har xil tashqi omillar oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalash uchun foydalangan. Yashash uchun kurash organizmlarning oʻz hayotini saqlab qolishga hamda oʻz avlodlari hayotini taʼminlashga qaratilgan joriy faoliyati, yaʼni organizmlar oʻrtasidagi tabiiy musobaqadan iborat. Yashash uchun kurash organizmlarning jadal koʻpayishi … Читать далее

BIOMETEOROLOGIYA

BIOMETEOROLOGIYA — ekologiyaning boʻlimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar oʻrtasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo b-n tirik organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻrganadi. Oʻsimliklar B. si, hayvonlar B. si va odam B. siga boʻlinadi. Oʻsimliklar Biometeorologiyasi atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning oʻsimliklar olamiga koʻrsatadigan turli … Читать далее

BER

BER (rus. biologicheskiy ekvivalent rentgena — rentgenning biologik ekvivalenta) — ionlovchi nurlanish ekvivalent dozasining birliklar tizimiga kirmagan birligi. Tirik organizm 1 rentgen gammanurlanish olganda qanday biologik effektga (taʼsirga) duchor boʻlsa, 1 ber ionlovchi nurlanish olganda ham shunday biologik effektga duchor boʻlishini ifodalaydi. 1 ber=0,01 J/kg (1963-y. gacha rentgenning biologik ekvivalenti sifatida anikdangan). Пост Навигацияси

BIOGENETIK QONUN

BIOGENETIK QONUN — organizmlarning individual taraqqiyoti (ontogenezi) va tarixiy taraqqiyoti (filogenezi) oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar majmui. Birinchi marta F. Myuller (1864) ochgan, E. Gekkel (1866) tomonidan tavsiflab berilgan. Biogenetik qonunga muvofiq tuxum hujayra urugʻlanishdan boshlab undan yetuk organizm rivojlanishiga qadar mazkur organizm oʻz turi tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qisqa takrorlaydi, yaʼni ontogenez filogenezning qisqacha takrorlanishi … Читать далее

BILIGNOST

BILIGNOST (Bilignostum) — oʻt pufagi va oʻt yoʻllarini rentgenda tekshirib, suratini olish uchun ishlatiladigan kontrast modda. Adipinat va triyodmetaaminobenzoat kislota hosilasi. Oq kristall poroshok, suvda yaxshi eriydi. Tarkibida yod koʻpligiga karamay, uncha zaharli emas. Organizm yodga ortiqcha sezgir boʻlganda, jigar faoliyati izdan chiqqanda, Bazedov kasalligi avj olganda Bilignostni ishlatish yaramaydi. Пост Навигацияси

BRONXIAL ASTMA

BRONXIAL ASTMA (yun. asthma boʻgʻilish) , ziqnafas — mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining koʻchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial oʻtkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqtbevaqt nafas qisishi va boʻgʻilish xuruji bilan oʻtadigan allergik kasallik (q. Allergiya). B. a., odatda, toʻsatdan, aksari kechasi tutib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bronxial astma … Читать далее

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI, Oʻzbekiston FA O. S. Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti — i. t. muassasasi. 1977-y. da Oʻzbekiston FA tarkibidagi bioorganik kimyo boʻlimi (1973) negizida tashkil etilgan. Intga asoschisi akad. O. S. Sodiqov nomi qoʻyilgan. Intning asosiy fundamental ilmiy yoʻnalishi hayvon va oʻsimliklar organizmidagi bioorganik kimyo jarayonlarini, yaʼni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega … Читать далее

BADANNI ARTISH

BADANNI ARTISH — salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan choratadbir; davo-profilaktika muolajasi; bunda suvga hoʻllangan dagʻal sochiq bilan butun gavda yoki uning ayrim qismlari (qoʻl, oyoq va b.) ni tez va kuch bilan artib, keyin teri qizarguncha quruq sochiq bilan ishqalanadi. Kuniga Badanni artish, bunda suv haroratini 30 — 32° dan 18—20° gacha pasaytirib borish yaxshi … Читать далее