BILIGNOST

BILIGNOST (Bilignostum) — oʻt pufagi va oʻt yoʻllarini rentgenda tekshirib, suratini olish uchun ishlatiladigan kontrast modda. Adipinat va triyodmetaaminobenzoat kislota hosilasi. Oq kristall poroshok, suvda yaxshi eriydi. Tarkibida yod koʻpligiga karamay, uncha zaharli emas. Organizm yodga ortiqcha sezgir boʻlganda, jigar faoliyati izdan chiqqanda, Bazedov kasalligi avj olganda Bilignostni ishlatish yaramaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x