BACHADON TUSHISHI

BACHADON TUSHISHI — bachadon va diloqning oʻz oʻrnidan pastga siljishi bilan kechadigan kasallik; bunda bachadon toʻla (jinsiy teshikdan chiqib ketadi) yoki qisman (jinsiy teshikdan bachadon boʻyni chiqadi xolos) tu-shishi mumkin. Koʻproq yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi. Ichki jinsiy aʼzolarni oʻz oʻrnida ushlab turadigan chanoq tubi muskullari faoliyatining buzilishi, qorin ichki bosimining ortishi, jinsiy aʼzolarning rivojlanmay qolishi, … Читать далее

GUMORAL REGULYATSIYA

GUMORAL REGULYATSIYA (lot. Humor — suyuqlik, ingl. regulation — tartibga solish, boshqarish) — organizm hayot faoliyati (fiziologik va biokimyoviy) jarayonlarini muvofiqlashtirib turuvchi mexanizmlardan biri. Bu mexanizm hujayra, toʻqima va aʼzolarning faoliyati jarayonida organizm suyuqliklari (qon, limfa, safro, toʻqima suyumigi va b.)ga ishlab chiqarilgan biologik faol moddalar yordamida amalga oshiriladi. Gormonlar, sitokin va metabolitlar G. r. … Читать далее

GOMOGAMETALIK

GOMOGAMETALIK (gomo… va gameta) — bir yoki bir necha juft gomologik jinsiy xromosomalarga ega boʻlgan va meyozda bir xil xromosomali gametalar hosil qiladigan organizm. Odatda jinslardan biri Gomogametalik (XX), ikkinchisi geterogametali (XV) boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar va ikki uyli oʻsimliklarning urgʻochi jinsi; qushlar, ayrim sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlarning hamda hamma kapalaklarning erkaklari Gomogametalik … Читать далее

BARYER FUNKSIYA

BARYER FUNKSIYA — odam va hayvonlar organizmining oʻz ichki muhitini (qon, limfa va toʻqima suyukligini) tashqi taʼsirlardan himoya qilishi, shu muhitni (tarkibi, kimyoviy, fizik hamda biologik xossalarini) nisbatan bir meʼyorda saqlay olishi (q. Gomeostaz). Organizm bu funksiyani baryerlar deb ataladigan maxsus fiziologik mexanizmlar yordamida amalga oshiradi. Ular shartli ravishda tashqi (teri, shilliq pardalar, nafas, ayirish … Читать далее

GIYOHVANDLIK

GIYOHVANDLIK, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. Giyohvandlik organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandlikda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo … Читать далее

GEMOLIZ

GEMOLIZ (gemo… va yun. lysis — yemirilish, parchalanish) , gematoliz, eritrotsitoliz — qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning parchalanib, gemoglobining qon plazmasiga oʻtishi. Normal holatda Gemoliz eritrotsitlarning hayotiy siklini yakunlaydi; odam va hayvonlar organizmida u uzluksiz ravishda sodir boʻlib turadi (fiziologik Gemoliz). Baʼzi kasalliklarda, organizm zaharlanganda, badan kuy ganda, guruhi yoki rezus-faktori toʻgʻri kelmagan qon quyilganda yoki … Читать далее

BIOKIMYO

BIOKIMYO, biologik kimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularda sodir boʻladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi fan. B. rivojlana borib, 3 asosiy tarmoqqa boʻlinib ketdi. Statistik Biokimyo (kimyoviy topografiya) organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularni tashkil etuvchi moddalarning kimyoviy tuzilishini; dinamik B. organizmhujayralari va toʻqimalari tuzilishi va yangilanib turishi uchun zarur murakkab organik moddalarning sintezlanishi (assimilyatsiya)ni, shuningdek … Читать далее

BIOGEN STIMULYATORLAR

BIOGEN STIMULYATORLAR, biologik stimulyatorlar — muayyan sharoitda hayvonlar va oʻsimliklar toʻqimalarida hosil boʻladigan va biologik faollik xususiyatiga ega boʻlgan moddalar. Biogen stimulyatorlar tugʻrisidagi taʼlimot ilk bor V. P. Filatov (1875— 1956) tomonidan ishlab chiqilgan. Biogen stimulyatorlar organizm funksiyalarini tezlashtiradi. Biogen stimulyatorlar li preparatlar oʻsimliklar (aloe bargi ivitmasi) va hayvonlar toʻqimalaridan turli xil omillar (sovitish, qorongʻi … Читать далее

GENLAR BANKI

GENLAR BANKI, genlar bibliotekasi — donor organizmdan ajratib olingan, maqsadga muvofiq genetik informatsiyaga ega DNK yoki uning qismlari majmui. Genlar bankini hosil qilish uchun DNK restriktaza fermenti taʼsirida parchalanadi, keyin vujudga kelgan barcha qismlarni aralashmada vektor molekula (xoʻjayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK molekulasi)ga ligaza fermenti yordamida qoʻshiladi. Natijada organizm barcha genlarini … Читать далее

GRANULYATSION TOʻQIMA

GRANULYATSION TOʻQIMA (lot granulum — donacha) , granul yatsiya — biriktiruvchi toʻqimaning shikastlangan joyida paydo boʻladigan, yosh, yetilmagan toʻqima; qon tomirlar va yosh hujayralarga boy boʻlib, aʼzo yoki toʻqimaning nobud boʻlgan qismini egallab boradi (et bitishi). Keyinchalik Granulyatsion toʻqima yetila boshlaydi: ancha qattiqlashib, oqaradi va nihoyat, toʻqimaga aylanadi. Organizm zaif, quvvatsiz bemorlar, shuningdek, yoshi oʻtgan … Читать далее