METAMORFOZ

METAMORFOZ (yun. metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda Metamorfoz, yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. Metamorfoz tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. Metamorfoz koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. Metamorfoz, odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka … Читать далее

PENETRANTLIK

PENETRANTLIK (lot. penetro — teshib kiraman, yetib olaman) — yaqin qarindosh organizm guruhlarining har xil individlarida muhit sharoitlariga bogʻliq holda maʼlum gen alleli faoliyatining namoyon boʻlish chastota-si. «Penetrantlik» termini rus olimi N. V. Timofeyev-Resovskiy (1927) tomonidan taklif etilgan. Toʻliq Penetrantlik (allel barcha individlarda oʻz faoliyatini koʻrsatadi) va toʻliqsiz Penetrantlik (allel bir guruh individlarda fa-oliyat koʻrsata … Читать далее

METAPLAZIYA

METAPLAZIYA (yun. metaplasso — qayta hosil qilish, oʻzgartirish) — organizm bir xildagi toʻqimalarining boshqa xil toʻqimalarga aylanishi. Umurtqali hayvonlarda Metaplaziya suvda va quruqlikda yashovchilarda koʻz gavhari va toʻr pardasi regeneratsiyasida aniqlangan. Bu jarayonda rangdor parda hujayralari koʻz gavhari hujayralariga, pigmentli epiteliy esa toʻr parda hujayralariga aylanadi. Пост Навигацияси

PATOLOGIK FIZIOLOGIYA

PATOLOGIK FIZIOLOGIYA — kasal organizm (odam va hayvon) ning hayot faoliyati, undagi funksional oʻzgarishlar, kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va oqibati qonu-niyatlarini oʻrganadigan fan. P. f. normal fiziologiya, patologik anatomiya, xususiy patologiya bilan chambarchas bogʻlangan. Patologik fiziologiya umumiy va xususiy qismdan iborat. Umumiy qismda kasallik biologik qonuniyat, bir butun organizmning reaksiyasi sifatida oʻrganiladi. Kasallik … Читать далее

PARAZITIZM

PARAZITIZM (yun. parasitos — tekinxoʻr, hamtovoq, parazit va ismos — kasallik holati) — (biologiyada) oziklanish orqali bogʻlangan va oʻzaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha boʻlgan organizmlarning tarixiy shakllangan assotsiatsiyasi. Parazitizmda bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xoʻjayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foydalanadi: ikkala organizm ham oʻzaro antagonistik munosabatda boʻladi. Bundan tashqari, parazit—xoʻja-yin munosabatlari … Читать далее

TISH CHIRISHI

TISH CHIRISHI, tish kariyesi tish qattiq toʻqimalarining zararlanishi; tish emali (dentin) ning astasekin yemirilib, kovak hosil boʻlishi. Bolalarda koʻp uchraydi. Koʻpincha bolalarning birinchi katta jagʻ tishlari (oltinchi tish) chiriydi. Tish chirishi ovqatlanish tarzining buzilishi; xamir ovqat va shirinliklarga ruju qilish; ovqat tarkibida kaliy, fosfor va vitaminlar yetishmasligi, shuningdek, ovqatda hoʻl meva va sabzavotlar boʻlmasligi hamda … Читать далее

MURTAK BEZLARI

MURTAK BEZLARI, bodom bezlari — odam va umurtqali hayvonlar limfa sistemasining aʼzolari, limfoid toʻqimalar toʻplami. Ogʻiz boʻshligʻi va halqumning shilliq qavatida joylashgan. Tanglay, til (til ildizida), burunhalqum gumbazida va nay (eshi-tuv naylariningteshiklarida) Murtak bezlari bor. Ular hiqildoqda joylashgan limfa follikulalari bilan birgalikda himoya qiladigan toʻsiq — limfadenoid xalqum halqasini hosil qiladi. Tanglay M. b. shakli … Читать далее

MUSKUL SISTEMASI

MUSKUL SISTEMASI — muskullar va ularning tutamlari majmui; odatda, biriktiruvchi toʻqima bilan birlashgan boʻladi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Bir hujayralilar va bulutlarda Muskul sistemasi boʻlmaydi, umurtqalilarda esa yaxshi rivojlangan (gavdaning 1/3—1/2 qismini tashkil etadi). Organizmning harakatlanishini, gavda muvozanatini, shuningdek, nafas olishni, organizmda ovqat va qonning siljishini taʼminlaydi. Muskul sistemasi toʻqimalarida kimyoviy energiya mexanik energiyaga aylanadi, … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

PELAGIAL

PELAGIAL (yun. pelagos — dengiz) — dengiz, okean va koʻllarda suvning tirik organizmlar yashaydigan qatlami (suv tubidan boshlab suv yuzasigacha); bental (suv tubi) tushunchasining aksi. Pelagialda yashovchi organizmlar plankton, nekton (faol suzadigan organizmlar), neyston (suv yuzasida yashaydigan organizmlar) guruhlarga boʻlinadi. Dengiz va okeanlarda Pelagial qatlamni ham yashash sharoiti va organizm tarkibi boʻyicha bir necha zonaga … Читать далее