BALIQ UNI

BALIQ UNI — baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy boʻlib, q. x. hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50 — 55% oqsil, 10 — 20% yogʻ, 30% gacha kalsiy fosfat, 5% gacha osh tuzi va A, V, D vitaminlari bor. B. u. organizmda juda yengil hazm boʻladi. Shuning uchun birinchi … Читать далее

BALBAS QOʻY ZOTI

BALBAS QOʻY ZOTI — goʻshti, juni va suti uchun boqiladigan qoʻy zoti. Vatani Turkiya. Bu qoʻy zoti qoʻshaloq quyrugʻi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. Goʻsht sifati yaxshi. Koʻchqorlarining tirik vazni 85—90 kg, sovliqlariniki 55 — 60 kg. Qoʻchqorlarining dumbasi 12 kg gacha, sovliqlarida 5—6 kg. Qoʻchqorlaridan 3,0—4,0, sovliqlaridan 2,5—2,8 kg dagʻal jun olinadi. Jun kokili … Читать далее

BOKU

BOKU (ozarbayjoncha Bakы) — shahar, Ozarbayjon poytaxti. Ozarbayjonning yirik sanoat, fan va madaniyat markazi. T. y. tuguni. Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilidagi yirik port. Apsheron ya. o. ning jan. qismida. Bokuning markaziy qismi Boku buxtasiga zinapoyasimon pasayib tushuvchi amfiteatr shaklida joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 3°, iyulniki 25—30°, yiliga 180—300 mm yogʻin yogʻadi. Kuz faslida koʻpincha … Читать далее

GOʻSHT-SUT VA OZIQ-OVQAT NAZORATI STANSIYASI

GOʻSHT-SUT VA OZIQ-OVQAT NAZORATI STANSIYASI — daapat veteri nariya muassasasi; dehqon bozorlarida sotiladigan hayvon va usimliklar mahsulotlari (goʻsht, goʻsht maxsulotlari, baliq, sut, tuxum, don, sabzavot, poliz mahsulotlari va b.)ni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtka-zadi. Shuningdek, st-ya xodimlari mol bozorlarida sotiladigan chorva va parrandalar sogʻligʻini ham nazorat qiladi. Chorvachilik, dehqonchilik va oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, bozor hududi, sotish joylari, … Читать далее

GOMEL VILOYATI

GOMEL VILOYATI — Belorussiya tarkibidagi viloyat. 1938 i. 15 yanv. da tashkil etilgan. Respublikaning jan.-sharqida. Mayd. 40,4 ming km2. Aholisi 1674 ming kishi, asosan beloruslar; shuningdek, rus, ukrain, yahudiy, polyak va b. ham yashaydi. 21 tumanga boʻlingan; 17 shahar, 17 shaharcha bor. Markazi — Gomel sh. Yer yuzasi tekislik. Gʻarbida Pripyat Polesyesi (120—140 m), sharqida … Читать далее

BELGRAD

BELGRAD (serbcha Beograd) — Yugoslaviya va Serbiya poytaxti. Sava daryosi Dunayga quyiladigan yerdagi yirik port, dengiz satxddan 110 m balandlikda. B. Gʻarbiy Yevropadan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga boriladigan yoʻllar ustida. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0ʻ dan 2° gacha, iyulniki 22,2°. Yiliga 634 mm yogʻin tushadi. Aholisi 1,8 mln. kishi (1995). Mayd. … Читать далее

YUPQA

YUPQA — xamir, goʻsht va piyozdan tayyorlanadigan taom. Goʻshtni goʻsht qiymalagichdan oʻtkazib, mayda toʻgʻralgan piyoz, murch bilan aralashtiriladi va qovurib olib qoʻyiladi. Xamirdan 30 g li zuvalachalar yasalib, yupqa qilib yoyiladi. Qizigan qozonga yarim qoshiq yogʻ surtib, yoyilgan xamirlardan biri ikkala tomonidan yaxshilab singitib pishiriladi. Soʻngra qozonga ikkinchi Yupqani solib pishiriladi va qozonda qoldirilib, betiga … Читать далее

YEM

YEM — 1) mollarga beriladigan toʻyimli ozuqa. Chorvachilikda suli, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, bugʻdoy, qora bugʻdoy, soya, vika, noʻxat donlari va b. Ye. oʻrnida ishlatiladi. Yem boʻladigan donlar tarkibida 75% gacha uglevodlar, 12% protein, 2—5% yogʻ, 1—4% mineral moddalar hamda V guruhiga mansub vitaminlar mavjud. 100 kg Yemda 38—133 ozuqa birligi, 6,7—14,2 kg hazm boʻluvchi … Читать далее

YANGI ZELANDIYA

YANGI ZELANDIYA — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismidagi davlat. Mayd. 268,7 ming km2. Aholisi 3,994 mln. kishi (2004). Poytaxti — Vellington shahri Maʼmuriy jihatdan 10 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yangi Zelandiya — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi parlamentar monarxiya. Buyuk Britaniya parlamenti va asosan, Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlariga amal … Читать далее

YANGI JANUBIY UELS

YANGI JANUBIY UELS — Avstraliya Ittifoqining jan. sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 800,6 ming km2. Aholisi 6,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Sidney shahri Mamlakat poytaxti Kanberra shahri ham shtat hududida. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Yirik daryolari: Murrey va uning irmoqdari. Sharqida Katta suvayirgʻich tizma va kambar dengiz boʻyi pasttekisligi bor. Iqlimi kontinental va quruq … Читать далее