VETERINARIYA LABORATORIYASI

VETERINARIYA LABORATORIYASI — veterinariya xizmati tizimida hayvonlardagi kasalliklarni aniqlaydigan laboratoriya. Hayvonlarning kasalliklari va oʻlish sabablarini aniqlash maqsadida turli xil i. t. va kuzatish ishlari olib boradi. Veterinariya laboratoriyasida bakteriologik, serologik va gemotologik tahlillar bajariladi, patologik material tekshiriladi, sut, goʻsht va b. chorvachilik mahsulotlari sanitariya jihatdan tahlil qilinadi, kimyoviy va toksikologik tahlillar oʻtkaziladi. Veterinariya laboratoriyasi kasalliklarning … Читать далее

GAGRA

GAGRA — Gruziyaning Abxaziya Respublikasidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 26,6 ming kishi (1990-y. lar urtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneologik kurort. Yozi issiq (avg. ning oʻrtacha t-rasi 23°), qishi yumshoq (yanv. ning Urtacha t-rasi 6°), yiliga 1400 mm gacha yogʻin tushadi. Aerogeliotalassoterapiya va vodorod sulfidli suv bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. … Читать далее

BEZNOITIOZ

BEZNOITIOZ — asosan qoramollar orasida uchraydigan surunkali kechuvchi invazion kasallik. Besnoitia avlodiga mansub sodda jonivorlar qoʻzgʻatadi. Koʻpincha 6 oylik va undan katta boʻlgan yosh mollar kasallanadi. Kasallik boʻkalar orqali tarqaladi. Teri elastikligi yoʻqolib qalinlashadi, juni toʻqiladi, terida qontalash yoriqlar paydo boʻladi, koʻz sklerasining yalligʻlanishi, keratit, koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kuzatiladi. Klinik belgilarga, gistologik, parazitologik va serologik … Читать далее

GOʻNG

GOʻNG — mahalliy organik oʻgʻit; otxona, molxona va qoʻy qoʻralaridan chiqadi. Tarkibida oʻsimliklar uchun zarur boʻlgan azot va kul elementlari bor. Organik modda (G. quruq moddasining asosiy qismi) tuproq tarkibini, uning suv va havo rejimini, fizik, kimyoviy xususiyatlarini yaxshilaydi. Goʻng dagi Sa va Mg tuproq kislotaliligini kamaytiradi. Foydali mikroorganizmlar uning biologik faoliyatini oshiradi. Goʻng oʻsimliklarda … Читать далее

VINNITSA VILOYATI

VINNITSA VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932-y. 27 fev. da tuzilgan. Mayd. 26,5 ming km2. Axrlisi 194,6 ming kishi (1999), 25 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 29 shaharcha bor. Jan. da Moldaviya Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi — Vinnitsa sh. Viloyat hududining aksari qismi Podoliya va Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi … Читать далее

GOʻSHT UCHUN BOQILADIGAN KORAMOL ZOTLARI

GOʻSHT UCHUN BOQILADIGAN KORAMOL ZOTLARI — yaylovda tez va yaxshi semiradigan mollar. Bularga qalmoqi (astraxon), qozoqi oq bosh, gereford, shortgorn, aberdin angus, santagertruda kabi zotlar kiradi. Sigirlarining vazni 500—550 kg, buqalariniki 850— 900 kg. Sogʻin davrida oʻrtacha 700—800 kg, ayrim hollardagina 2000—2500 kg sut beradi. Semirtirilgan 1,5—2 yashar mollarining vazni 400—560 kg, 8 oylik buzoqlarining … Читать далее

BIZON

BIZON — juft tuyoqlilar turkumining quvushshoxlilar oilasi zubrlar urugʻiga mansub yovvoyi qoramol zoti. Bizonning vatani — Shim. Amerika (keyinchalik Yevropaga tarqalgan). Amerika va Yevropa B. lariga bulinadi. Bizon yirik hayvon boʻlib, buqalarining tanasi uz. 3 m, boʻii 1,8 m, ogʻirligi 720 kg ga yetadi. Gavdasi yoʻgʻon, yelkasida kichikroq oʻrkachi bor. Boshi va tanasining oldingi qismi … Читать далее

BENDER

BENDER (Benderi) — Moldaviya Respublikasidagi shahar. Dnestr daryosi boʻyidagi pristan. T. y. tuguni. Aholisi 133 ming kishi (1991). Bender — respublikaning sanoat markaparidan biri. Oziq-ovqat, yengil sanoat (goʻsht k-ti, yogʻ, vino, konserva z-dlari, shoyi k-ti, ip yigirish, poyabzal, tikuvchilik fkalari), mashinasozlik, «Moldgidrolizmash» i. ch. birlashmasi, «Elektroapparatura», kabel, kema tuzatish, kemasozlik z-dlari, yengil sanoat texnikumi, tibbiyot … Читать далее

GUJABOʻTQA

GUJABOʻTQA — qoʻqonjoʻxori (oq joʻxori)dan tayyorlanadigan taom. Joʻxorini namlab kelida bir necha marta tuyiladi; yelpib, qipigʻidan tozalangach, yuvib tashlanadi. Qozonda yogʻni dogʻlab, piyoz bilan birga goʻsht qiyma qovuriladi, keyin tayyorlab qoʻyilgan joʻxorini solib suv quyiladi va 1 soat davomida kovlab-kovlab pishiriladi. Tuz va ziravorlar pishish oldidan solinadi. Tayyor taom qopqogʻi yopilgan idishda 10—15 min. damlangandan … Читать далее

GASTROENTERIT

GASTROENTERIT (gastro… va yun. entera — ichak) — meʼda va ingichka ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi. Organizmni zaharlab, umumiy infeksion kasallikni vujudga keltiradigan mikroblarning ovqat bilan meʼda-ichakka kirib koʻpayishi koʻpincha Gastroenteritga sabab boʻladi. Hoʻl meva va sabzavotlarni yuvmasdan yeyish, xesh sut ichish, aynigan goʻsht va baliq mahsulotlarini isteʼmol qilish, shuningdek koʻp spirtli ichimlik ichib, juda koʻp … Читать далее