BALIQ UNI

BALIQ UNI — baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy boʻlib, q. x. hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50 — 55% oqsil, 10 — 20% yogʻ, 30% gacha kalsiy fosfat, 5% gacha osh tuzi va A, V, D vitaminlari bor. B. u. organizmda juda yengil hazm boʻladi. Shuning uchun birinchi navbatda yosh hayvonlarga, joʻjalarga (kundalik yemining 10% miqdorida), tovuqlarga, baʼzan katta yoshdagi hayvonlarga ham beriladi. Sigirga kuniga 1 — 1,5 kg Baliq uni berilsa, sut va goʻsht sifati buzilmay, mahsuldorligi oshadi. Baliq uni Oʻzbekistonda Moʻynoq baliq konserva z-dida tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x