BOKU

BOKU (ozarbayjoncha Bakы) — shahar, Ozarbayjon poytaxti. Ozarbayjonning yirik sanoat, fan va madaniyat markazi. T. y. tuguni. Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilidagi yirik port. Apsheron ya. o. ning jan. qismida. Bokuning markaziy qismi Boku buxtasiga zinapoyasimon pasayib tushuvchi amfiteatr shaklida joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 3°, iyulniki 25—30°, yiliga 180—300 mm yogʻin yogʻadi. Kuz faslida koʻpincha kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 1080,5 ming kishidan ziyod (1999; shahar kengashiga boʻysunuvchi aholi punktlari b-n birga 1713,3 ming); 19-a. avvalida Bokuda 4,5 ming kishi, asr soʻngida 112 ming kishi yashagan. Aholisi asosan, ozarbayjonlar va ruslar, shuningdek yahudiylar, dogʻistonliklar va b. ham bor.

Boku birinchi marta 5-a. yozma manbalarida, shuningdek Sharq geograflari (Istaxriy, AlMaʼsudiy, AlMuqaddasiy) asarlarida esa 9—10a. lardan tilga olinadi. Muqaddasiy asarida Bokuning port shaharligi aytilgan. Bokuda neft konlari borligi haqida Yoqut Hamaviy, Zakariyo alQazviniy, Hamdulloh Kazviniy, Avliyo Chalabiy, Abdurashid Bakuviy asarlarida maʼlumotlar keltirilgan. Oʻsha zamonlardayoq Bokuda neft chiqarilgan va Sharq mamlakatlariga, jumladan Oʻrta Osiyoga ham joʻnatib turilgan. 12-a. ning 2-yarmidan Shirvon davlatining siyosiy markazi boʻlgan. Kaspiy dengizi boʻyidagi shaharlarning savdo aloqalari Boku porti orqali amalga oshirilgan. Boku qalʼasi 15—16-a. larda Jan. Kavkazdagi kuchli qalʼalardan biri bUlgan. 1540-y. da Bokuni Safaviylar egalladi, 1580-y. larga kelib turklar davlati tarkibida. 1604-y. da Eron shohi Abbos I B. qalʼasini zabt etdi. 17-a. da Boku anchagina katta shahar hisoblangan. Turk sayyohi Avliyo Chalabiyning yozishicha, Bokudan olinayotgan neft shoh xazinasiga katta daromad keltirgan. 1723-y. shaharni rus qoʻshinlari bosib oldi, lekin 1735-y. da u Eronga qaytarib berildi. 1747-y. dan Boku xonliginint poytaxti boʻlgan. Keyinroq, RossiyaEron urushi davrida (1804—13) Bokuni Rossiya ikki marta bosib oldi (1806 va 1813). 1897-1907-y. larda Boku Batumi neft quvuri oʻtkazilgan. 1901-y. B. konlaridan 11,4 mln. t neft qazib olindi (jahonda qazib olingan neftning 50%). B. 1917-y. gacha gubernya markazi boʻlgan. 1917-y. 31 okt. (13 noyab.) da Bokuni bolsheviklar egallab, shoʻrolar hokimiyatini oʻrnatdi. Ammo zoʻrlik bilan oʻrnatilgan hokimiyat 1918-y. 31-iyulda agʻdarib tashlandi. 1920-y. 28 apr. da hokimiyat markazdan yuborilgan Qizil Armiya yordamida yana bolsheviklar kuliga oʻtdi va B. Ozarbayjon Respublikasining poytaxti deb eʼlon qilindi. 1991-y. avg. dan Boku mustaqil Ozarbayjon Respublikasi poytaxti.

Bokuda neft va gaz chiqarish, neftni qayta ishlash, neftkimyo, kimyo, mashinasozlik (neft sanoati uchun jihozlar i. ch., elektrotexnika, radioelektronika va b.), metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Boku bir qancha yirik issiqlik elektr st-yalardan iborat oʻz energetika sistemasiga ega. Shahardagi koʻp sonli sanoat korxonalari orasida neft konlari alohida oʻrin tutadi. Bokuning sharqiy qismida neftni qayta ishlaydigan z-dlar (Yangi Boku, Qorayev nomli va b.), kimyo, mashinasozlik, metallsozlik z-dlari (yuqori voltli apparatura, sovutkichlar, televizor, gaz apparatlari va b. ishlab chiqaruvchi korxonalar); yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari (toʻqimachilik, kamvol, mayin movut k-tlari, poyabzal fkalari, goʻsht k-ti, un z-dlari va b.) ishlab turibdi.

Boku — yirik transport tuguni. Yuk oborotila dengiz savdo porti yetakchi oʻrinni egallaydi. Boku — Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk) oʻrtasida dengiz paromi ishga tushirilgandan keyin uning ahamiyati yanada ortdi. Xalqaro aeroport bor. Shahar atrofiga qatnovchi temir yoʻl B. ni sanoat korxonalari, konlar, kurortlar bilan boglaydi. Boku bilan RostovDon, Tbilisi, Yerevan, Astara sh. lari t. y. orqali bogʻlangan. Shaharda 1924-y. dan tramvay, 1932-y. dan avtobus, 1941-y. dan trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 1967-y. B. da metropoliten ishga tushirildi. Boku atrofida yangi yoʻldosh shaharlar barpo etildi: Zabrat, Mashtaga, Dubendi va Primorsk.

Bokuda tarixiy yodgorliklardan Siniqqalʼa (Pa.), Qiz qalʼasi (12-a.) minoralari, qad. saroylar, Shirvonshohlar saroyi (15-a.), Safaviylar sulolasi davridagi (17a) karvonsaroy, shuningdek qasrlar, minoralar, masjidlar saqlanib qolgan. 1920-y. larda shaharning eski qismi taʼmirlandi, yangi bogʻ va maydonlar barpo boʻldi. Nizomiy muzeyi, Vazirlar Kengashi binosi, katta stadion va b. qurildi.

Bokuda 1945-y. da Ozarbayjon FA tashkil etilgan. 11 oliy oʻquv yurti, shu jumladan 3 unt, 7 teatr, qariyb 30 muzey (shu jumladan sanʼat muzeyi, gilamchilik muzeyi, amaliy sanʼat muzeyi) bor. Boku va uning atrofida koʻpgina kurortlar joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x