SADRI JAHON

SADRI JAHON — 1213-a. larda Buxoroda hukmronlik qilgan burhonlar xonadoni unvoni. «Kitobi mullazoda» asarining muallifi Ahmad ibn Mahmudning yozishicha, burhonlar xonadoniga Abdulaziz ibn Umar asos solgan. Sadri jahon unvoni unga sulton Sanjar tomonidan berilgan. Abdulaziz ibn Umar vafotidan soʻng bu lavozim oʻgʻli, keyinchalik nevaralariga berilgan. Ularning avlodlari 1207-y. gacha Buxoroda mustaqil hukmronlik qilgan. Soʻnggi Sadri … Читать далее

SUBUTOY

SUBUTOY, Subedey (13-a.) Chingizxonning yirik sarkardalaridan biri. Shim. Xitoy, Movarounnahr, Xuroson, Zakavkazye, Dashti Qipchoq, Rus, Sharqiy Yevropani istilo etishda shuhrat qozongan. Uryanxat qabilasidan. Chingizxonning eng yaqin toʻqqiz oʻrluq (safdosh)laridan. Janglardan birida bir koʻzidan ajralgan; jasorati uchun «bahodir» unvonini olgan. Subutoy mingboshi sifatida qoʻshinning soʻl qanotiga (qanot qoʻmondoni — Muxali noʻyon) mansub edi. Chingizxon Movarounnaxrni istilo … Читать далее

SHIXLAR

SHIXLAR — turkiy qabila. Sh. ning asosiy qismi oʻrta asrlardan hoz. Turkmanistonning gʻarbiy qismida, Oʻzbekistonning Buxoro, Qorakoʻl, Navoiy, Muborak tumanlarida yashaganlar. Shixlar urugʻ sifatida oʻzbeklarning qutchi, qarluq qabilalari tarkibida ham uchraydi. Shixlar oʻz nomlarini shayx (diniy unvon, muqaddas joy, madrasa nazoratchisi va h. k.)larga yaqin qoʻyib, kelib chiqishlarini esa Muhammad paygʻambar bilan bogʻlaydilar. Aslida Shixlar … Читать далее

TOSHKENT QOʻZGʻOLONI

TOSHKENT QOʻZGʻOLONI, Vabo isyoni (1892.24.6) — podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. 1892-y. may oyida Jizzaxda vabo kasali tarqalgan. Iyun oyida Toshkentda ham vabo tarqalgani maʼlum boʻlgan. Yangi shaharda 417, Eski shaharda 1462 bemor aniqlangan. Podsho hukumati maʼmurlari uning fojeali oqibatlarining oldini olish uchun shoshilinch choralar koʻra boshladi: 7-iyunda shahar maʼmuriyati … Читать далее

TEMIR QAPIGʻ

TEMIR QAPIGʻ (qad. turkiycha qapu — eshik) , Darvozai ohanin, Darbandi ohanin, Ohanin darvozasi — Oʻrta Sharq mamlakatlari, xususan Movarounnahrdagi bir qancha shaharlarning mudofaa devorlaridagi temir darvoza, shuningdek, tor togʻ daralaridagi oʻtish yoʻlagi. Oʻzbekistonning jan. hududidagi Boysuntogʻ tizmasi gʻarbida joylashgan tor dara — qad. mashhur togʻ yoʻlagi ham Temir qapigʻ deyilgan. Uning nomi manbalarda turlicha … Читать далее

SUNANI NASOIY

«SUNANI NASOIY» — 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Muhaddis Nasoiyning asari. Nasoiy birinchi boʻlib «asSunan alKubro» («Katta hadislar toʻplami»)ni yozgan. Soʻngra Ramla amirining iltimosiga binoan, uni qisqartirib, eng ishonchli hadislarni qoldirib, unga «as Sunan asSugʻro» («Kichik toʻplam» yoki «alMujtabo», yaʼni «tanlangan hadislar toʻplami») deb nom qoʻygan. Ulamolar fikricha, «Sunan» nomi bilan yozilgan barcha hadis … Читать далее

TAFSIR

TAFSIR (arab. — sharh, tushuntirish, ochib berish, izoh) — islom anʼanasida asosan Qurʼoni karim oyatlarini sharhlash, tushuntirib berish. Qurʼon oyatlarini Tafsir qilish Muhammad (sav) davrida vujudga kelib, bu ilm Muhammad (sav)dan sahobalarga, sahobalardan tobeʼinlarga meros qoldi. Sahobalar va tobeʼinlar asrida Tafsir ogʻzaki rivoyat va nakl shaklida boʻlib, taʼlif qilib yozilmagan. Abu Bakr Siddiq, Umar ibn … Читать далее

TABARIY

TABARIY, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy [839, Tabariston (Eron)ning Amul sh. — 923.16.2, Bagʻdod] — tarixchi, faqih va filolog. Mahalliy zodagon oilasida tugʻilgan. Amul sh. da dastlabki taʼlimni olgan. Rayda mashhur muhaddis va faqihlar qoʻlida uz bilimini oshirgan. Soʻngra Bagʻdod, Basra, Kufaga borib, zamonasining mashhur ulamolariga shogird tushgan. 867-y. Misrga borganida yetuk olim sifatida … Читать далее

TURGʻAR

TURGʻAR — Sugʻd (Samarkand) hukmdori (738—750). Gʻuraknnnt oʻgʻli. Uning ismi oʻzi zarb qildirgan tangalarda twryʻr («Turgʻar»), xitoy yilnomalarida Duge (Touho), arab manbalarida Turxar yoki Yazid shakllarida qayd etiladi. Shuningdek, u arab manbalarida «alMuxtor» («Tanlangan») laqabi bilan ham zikr etiladi. Turgʻar otasi oʻrniga arablarga vassal sifatida 738-y. da Samarkand taxtiga oʻtirgan va musulmoncha Yazid ismini olgan. … Читать далее

SAIDQOSIMOV

SAIDQOSIMOV Poʻlat (1931.8.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1954). 1954 — 57 y. lar H. Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957-y. dan Hamza (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama) teatrida aktyor. Keng koʻlamli, turli yechimdagi, psixologik murakkab rollarga moyillik, inson maʼnaviy dunyosini chuqur taxlil qilish Saidqosimov isteʼdodiga xos boʻlib, … Читать далее