SIYRA

SIYRA, sira (arab. — hayot yoʻli, tarjimayi hol) — Muhammad (sav) hayot yoʻlini bayon qilishga bagʻishlangan, ilk islom davrida vujudga kelgan diniy-tarixiy asarlarning umumiy nomi. Dastlabki Siyralar koʻp boʻlgan, ularning anchasi yoʻqolib ketgan. Ulardan Voqidiy (747— 823)ning «Kitob almagʻoziy» («Harbiy yurishlar kitobi») va avvalgi Siyralarni umumlashtirgan Ibn Isʼhoq va Ibn Hishom (834-y. v. e.)ning «Siyrat Rasul Alloh» («Alloh elchisining hayot yoʻli») asarlari bizgacha yetib kelgan. Siyralar ilk islom tarixini tadqiq qilishda asosiy manba hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x