BOʻYIMODARON

BOʻYIMODARON (Ahillea millefolium L.) — qoqidoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli koʻp yillik oʻt. Ildiz boʻgʻzidan boʻgʻiz barglari va poyalar oʻsib chiqadi. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan boʻlib, qalqonsimon toʻpgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avg. da yetiladi. Oʻzbekistonda Boʻyimodaron turkumining 5 turi uchraydi. Boʻyimodaron adir va qirlar, yoʻl … Читать далее

GIDROFITLAR

GIDROFITLAR (gidro… va yun. phyton — oʻsimlik) — suvda oʻsadigan oʻsimliklar. Pastki qismi suvda, ustki qismi suvdan koʻtarilib oʻsadi (mas, qamish). Baʼzi Gidrofitlar daryo, dengiz, koʻl qirgʻoqlarida va suvi qurib qolgan nam yerlarda ham oʻsaveradi. Gidrofitlarda ildiz boʻlmaydi yoki juda kuchsiz rivojlangan boʻladi. Bargi tuksiz. Poyasi va barglarining hujayraaro boʻshliqlari katta, havoga toʻla boʻladi. Shu … Читать далее

BOLTAYUTAR

BOLTAYUTAR (Gypaetus barbatus) — yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qush. Oʻzbekistonda uchraydigan yirtqich qushlarning eng yirigi. Uz. 1,1 m gacha, qanoti yoyilganda 2,7 m ga boradi. Boshi va tanasining qorin tomoni oqish yoki sargʻish, orqa tomoni qoramtir. Tumshugi ostida qattiq qilsimon patlardan hosil boʻlgan bir tutam kokili bor. B. Markaziy Osiyo, Arabiston, Jan. Yevropa … Читать далее

GIDATODLAR

GIDATODLAR (yun. Hydotod, hydotos — suv va hodos — yoʻl, teshik) — oʻsimliklardan suv va tuzlarning quyuq tomchi holida ajralishiga imkon beradigan barg hujayralari. Nam iklimda oʻsadigan oʻsimliklar uchun xos. Suv ajratish Gidatodlar orqali passiv (ildiz bosimi tufayli) yoki epiderma orqali faol sodir boʻlishi mumkin. Gidatodlar, odatda, barglarning qirralari va tishchalarida boʻladi. Gidatodlar funksiyasini maxsus … Читать далее

BEGONA OʻTLAR

BEGONA OʻTLAR, begona oʻsimliklar — odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida oʻsib, ularga zarar yetkazadigan, maʼlum bir maydonda oʻsi-shi maqsadga muvofiq boʻlmagan oʻsimliklar. B. oʻ. madaniy oʻsimliklar hosilini kamaytirib, q. x. ga katta zarar yetkazadi. Jahoi miqyosida Begona oʻtlar tufayli hosil nobudgarchiligi 20 mlrd. dollarni yoki umumiy hosilning 14,5% ni, Oʻzbekistonda paxta va b. ekinlar hosilining … Читать далее

VEGETATIV ORGANLAR

VEGETATIV ORGANLAR (oʻsimliklarda) — yuksak oʻsimliklarning oziklanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini taʼminlaydigan qismi. Vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi. Asosiy Vegetativ organlar barg va poyali novda hamda ildiz hisoblanadi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida Vegetativ organlar oʻsimliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo boʻlgan. Tuban koʻp … Читать далее

VALERIANA

VALERIANA (Valeriana L.) , maunasorundoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, yarim buta, buta va lionlar turkumi. Barglari butun, uch boʻlakli yoki patsimon qirqilgan. Toʻpguli gullaganida boshchasimon, mevasi yetilganida roʻvaksimon boʻladi. Gullari mayda. 200 ga yaqin turi Shim. yarim sharning muʼtadil va sovuq iqlimli hududlarida, Jan,. Amerikada, 1 turi Kilimanjaro togʻlarida tarqalgan. Andda ayniqsa xilma-xil turlari … Читать далее

BAKTERIAL OʻGʻITLAR

BAKTERIAL OʻGʻITLAR — tarkibida ekinlar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari boʻlgan preparatlar. Bakterial oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimlik ildizi zonasida biokimyoviy jarayonlarni kuchaytiradigan va oʻsimlikning ildiz orqali oziqlanishini yaxshilaydigan mikroorganizmlar manbai hosil boʻladi. Bakterial oʻgʻitlar mikroorganizmlari oʻsimliklarning azot, fosfor va b. elementlar bilan taʼminlanishini yaxshilaydi. Ular oʻsimliklar uchun zarur biologik faol moddalar (auksinlar, vitaminlar va b.) ni … Читать далее

GOVZABON

GOVZABON, hoʻkiz tili (Anchusa italica Retz.) — kampirchopondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi sershox, tikanli, tik usadi, boʻyi 40—100 sm. Barglari qalin tuksimon tikanlar bilan qoplangan; ildiz yonidagi barglari yirik, choʻziq-ellipssimon, poyadagilari — bandsiz, nashtarsimon. Gullari havorang, yirik roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi — uch qirrali yongʻoqcha. Oʻq ildizi yoʻgʻon, sershox. May—avg. da gullaydi … Читать далее

YONGʻOQ

YONGʻOQ (Juglans regia L.) — yongʻoqdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turi, yongʻoqmevali daraxt. Yovvoyi holda Kichik Osiyo, Bolqon yarim oroli, Kavkaz, Eron, Xitoy, Koreya ya. o., Afgʻonistonda oʻsadi. Oʻrta Osiyo togʻlarida tabiiy yongʻoqzorlar koʻp. Jahondagi koʻpgina mamlakatlarda ekma yongʻoqzorlar barpo qilingan. Yo. Oʻzbekistonning togʻli zonalarida va deyarli barcha sugʻoriladigan mintaqalarida oʻstiriladi. Boʻyi 15— 30 m, yoʻgʻonligi … Читать далее