BINAFSHA

BINAFSHA (Viola), gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, ekiladigan gul. B. Shim. yarim sharning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 14tayovvoyi, 3 madaniy turi oʻstiriladi. Erta bahorda ochiladi. Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Gullari yirik, toʻq safsar, oq, sariq, havorang, xushboʻy hidli. Binafsha yer tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda … Читать далее

BOʻRIGUL

BOʻRIGUL (Vinca erecta Regel et Schmalh.) — kendirdoshlar oilasiga mansub yotiq ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Bitta ildiz boʻgʻzidan 15—40 sm uzunlikdagi bir necha poya chiqadi. Bargi tekis qirrali, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Apr. dan iyulgacha gullaydi, guli oq yoki och binafsha rangli, har bir barg qoʻltigʻida bittadan bir chanoqli yassi mevasi boʻladi. B. Ugom, Fargʻona, Hisor … Читать далее

BOGʻ OʻRMON IHOTAZORLARI

BOGʻ OʻRMON IHOTAZORLARI — mevali bogʻlar, uzumzorlar va b. mikroiqlimini yaxshilash va tabiatning zararli omillaridan saklash uchun ular atrofiga belbogʻ usulida, bogʻ ichida karta chegaralari boʻylab barpo etiladigan daraxtzorlar. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari shamol tezligini susaytiradi, qishda bogʻlarni qor quyunlaridan asraydi. Bu esa mevali daraxtlarning yaxshi oʻsib, rivojlanishi, hosildorligining oshishiga taʼsir koʻrsatadi. Bogʻ oʻrmon ihotazorlari bogʻning … Читать далее

VALLISNERIYA

VALLISNERIYA, suvyaproq (Vaillisneria) — suvguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Suv ichida usadi. Bargi ingichka, tasmasimon, uz. 75 sm ga yetadi. Gullari mayda, ikki uylik. Changchi gullari dastlab suv ichida rivojlanadi, keyinroq uzilib suv yuzasiga koʻtariladi. Urugʻchi gullarining gulbandlari dastlab spiral shaklda oʻralgan boʻlib, keyinchalik choʻzilishi tufayli suv yuzasiga koʻtarilib changlanadi. Changlangan gulning gulbandi yana … Читать далее

BUGʻDOY

BUGʻDOY (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hoz. dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq Bugʻdoy yoki oddiy Bugʻdoy (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq … Читать далее