BAKTERIAL OʻGʻITLAR

BAKTERIAL OʻGʻITLAR — tarkibida ekinlar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari boʻlgan preparatlar. Bakterial oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimlik ildizi zonasida biokimyoviy jarayonlarni kuchaytiradigan va oʻsimlikning ildiz orqali oziqlanishini yaxshilaydigan mikroorganizmlar manbai hosil boʻladi. Bakterial oʻgʻitlar mikroorganizmlari oʻsimliklarning azot, fosfor va b. elementlar bilan taʼminlanishini yaxshilaydi. Ular oʻsimliklar uchun zarur biologik faol moddalar (auksinlar, vitaminlar va b.) ni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, Bakterial oʻgʻitlar kasallik tugʻdiruvchi zamburugʻlarning kushandasi boʻlib, oʻsimliklarni kasallanishdan saqlaydi. Oʻzbekiston q. x. da 1935-y. dan boshlab qoʻllanilgan. Bakterial oʻgʻitlardan azotobakterin, nitragin, fosforobakterin va b. ishlatiladi. Urugʻlik ekish oldidan Bakterial oʻgʻitlar bilan dorilanadi Bakterial oʻgʻitlar quruq binoda 0» dan 10° gacha haroratda z-d idishlarida saqlanadi va bir mavsum davomida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x