MIKORIZA

MIKORIZA (yun. mykes va rhiza — ildiz) , zamburugʻildiz — zamburugʻ mitseliysining yuksak oʻsimliklar ildizi bilan oʻzaro simbiozi (birgaliqda yashashi). Ektotrof (tashqi) va endotrof (ichki) Mikoriza bor. Ektotrof Mikorizada zamburugʻ yosh ildizlarning ustki toʻqimasi uchlariga oʻralib, poʻstloqning tashqi qatlamlaridagi hujayra oralariga kiradi. Endotrof Mikorizada mitseliy hujayralar ichiga kiradi. Ektotrof Mikoriza koʻpchilik daraxtlar (eman, archa, qayin), … Читать далее

PERITSIKL

PERITSIKL (peri… va yun. kyklos — doyra) , perikambiy — oʻsimliklar ildizi, baʼzan poyasi birlamchi meristema hujayralari qavati. Peritsikl epiderma ostida joylashgan, oʻtkazuvchi silindrni oʻrab turadi. Bir yoki bir necha qavat parenxima hujayralaridan ibo-rat. Birlamchi ildiz P. idan yon ildizlar hosil boʻladi. Birlamchi tuzilgan ildizlarda (ikki urugʻpallalilar) Peritsikl hujayralari yordamida kambiy umumiy halqaga tutashib, zaxira … Читать далее

MATEMATIKA

MATEMATIKA (yun. mathematike, mathema — bilim, fan) — aniq mantiyey mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga «qisobkitob haqidagi fan» deb qaralganʻ (bugungi Matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qad. fan sohasi boʻlib, uzoq rivojlanish tari-xini bosib oʻtgan va buning barobarida «Matematika nima?» degan … Читать далее

PARXISH

PARXISH — oʻsimliklarni vegetativ yoʻl bilan koʻpaytirish usullaridan biri. Parxish qilishda asosiy oʻsimlikning bir necha kurtakli novdasi (poyasi) yerga yotqizilgan holda koʻmilib, kurtakli uchi yer betiga chiqarib qoʻyiladi va koʻmilgan qismi ildiz olmaguncha asosiy oʻsimliqsan ajratilmaydi. Ildiz olgandan keyin asosiy oʻsimlikdan ajratiladi, shunda u mustaqil holda oʻsadi va rivojlana boshlaydi. Bu usuldan mevachilik, tokchilik, manzarali … Читать далее

PAVIANLAR

PAVIANLAR (Papio) — martishkalar kenja oilasiga mansub tor burunli maymunlar urugʻi. Tanasining uz. 75 — 80 sm, dumi 50—60 sm, ogʻirligi 25 kg dan ortiq. Juni uzun, baʼzan yol hosil qiladi. Quymich qadogʻi katta, qizil. Z — 5 yoshda voyaga yetadi, boʻgʻozlik davri 170 kun, odatda, bitta bola tugʻadi. Afrika, Arabiston va Sulavesi orolida uchraydi. … Читать далее

POYA

POYA, tana (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) … Читать далее

MALINA

MALINA, buldurgʻun (Rubus) — raʼnoguldoshlar oilasi rubus turkumiga mansub koʻp yillik chala butalar; rezavor meva. Malinaning 120 yovvoyi turi boʻlib, Yevrosiyoning moʻtadil va subtropik mintaqalarida keng tarqalgan. Malinaning madaniy navlari oddiy yoki qizil (R.idaeus), dagʻal tukli yoki amerika M. si (R.strigosus), gʻarbiy yoki maymunjonsimon Malina (R.occidentalis) va b. turlari uchraydi. Oʻrta Osiyo, Sharqiy Sibir, Uzoq … Читать далее

MAYKOP MADANIYATI

MAYKOP MADANIYATI — Shim. Kavkaz togʻ oldi hududlarida tarqalgan arxeologik madaniyat (mil. av. 3ming yillikning 2-yarmi). 1897-y. tekshirilgan Maykop qoʻryuni nomilan olingan. Maykop madaniyatiga koʻplab k,oʻrgonlar, baʼzan mustahkamlaigan manzilgohlar mansub. Maykop madaniyatining soʻnggi bosqichida tosh maqbaralar, jumladan, dolmenlar paylo boʻlgan. Asosiy mehnat va jangovar qurol sifatida mis boltalar, motigalar, choʻqmorlar, pichoqlar, xanjarlar, pashiaxalar, nayza uchlari … Читать далее

PLAUN

PLAUN (Lycopodium) — plaundoshlar oilasiga mansub sporali doim yashil, koʻp yillik oʻtlar turkumi. Poyasi koʻpincha dixotomik shoxlangan. Barglari mayda, nashtarsimon yoki lansetsimon, bandsiz, poya va shoxlarda navbatlashib yoki toʻp boʻlib zich joylashgan. Spora boshoqchalari oʻzaqsan va zich joylashgan spora barglaridan iborat. 10 ga yaqin turi bor, asosan, Shim. yarim sharda uchraydi. Oʻzbekistonda oʻsmaydi. Bir yillik … Читать далее

MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее