BOSHQARMA

BOSHQARMAdavlat boshqaruvi tizimida biror yirik tarmoq yoki xoʻjalik sohasida markaziy yoki oʻrta boʻgʻindagi boshqaruv idorasi (mas, Markaziy bankning viloyat boshqarmasi, Bojxona qoʻmitasining shahar boshqarmasi). Boshqarma vertikal (vazirlik, qoʻmita, korporatsiya darajasida sektorboʻlimboshqarmabosh boshqarma) va gorizontal (ayrim vazifalarni bajaruvchi boʻlimlar) tizimda rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Boshqarma umuman boshqaruv vazifalarini, maqsadlarini amalga oshirish va boshqarish jarayonining uzluksiz hamda samarali ishlashini hududiy yoki tarmoq tamoyillari asosida tashkil etadi. Hoz. paytda Oʻzbekistondagi boshqaruv amaliyotida Boshqarma oʻrniga departament atamasi kirib kelmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x