VAXTANG I

VAXTANG I Gorgasar (?-502) – Iberiya (Kartli) podshosi. Davlat hokimiyatini markazlashtirish uchun kurashgan. Uning davrida Tbilisi sh. qayta qurilib, poytaxt Msxeti sh. dan Tbilisiga koʻchirilgan. Kartlining mustaqilligi uchun Eron bosqinchilariga qarshi kurashda shuxrat qozongan. 484-y. gruzin va armanlarning sosoniylarga qarshi qoʻzgʻoloniga rahbarlik qilgan. Arman va gruzin mulkdorlarining xoinligi qoʻzgʻolon taqdirini hal etgan. Forslar V. ga boʻri rasmi tushirilgan bosh kiyim kiyib yurgani uchun Gorgasar — «Boʻri boshi» deb laqab qoʻyishgan. Forslar bilan boʻlgan jangda oʻldirilgan. Gruzin xalqi Vaxtang I sharafiga qoʻshiq va sheʼrlar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x