IRLANDIYA OROLI

IRLANDIYA OROLIBritaniya orollari arxipelagidagi orol. Shimol, gʻarb va jan. dan Atlantika okeani, sharqdan Irlandiya dengizi oʻrab turadi. Shim. va San-Georg boʻgʻozlari orqali Buyuk Britaniya o. dan ajralib turadi. Mayd. 84 ming km2, shim. dan ja-nubga uz. 450 km, eni 300 km atrofida. Qirgʻoklari notekis, qoʻltiq va qoyali orollar koʻp. Irlandiya orolining ichki qismi Markaziy tekislik, chekkalari past togʻlar (Karrantuill choʻqqisi, bal. 1041 m gacha) va platolardan iborat. Ikdimi moʻtadil, okean iqlimi, qishi yumshoq, yozi salqin va seryogʻin. Daryo (Shannon va b.), koʻl (LoxNey, Lox-Ern va b.) va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari yil boʻyi yashil boʻlib turadigan oʻtloq va vereskzorlardan iborat. Irlandiya orolining katta qismida Irlandiya davlati, shim. sharqida Shimoliy Irlandiya joylashgan. Yirik shaharlari — Dublin, Belfast.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x