POSHSHOXOJA

POSHSHOXOJA, Poshshoxoʻja Abdulvahobxoja oʻgʻli, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvaxrbxoja Sulaymonxoja oʻgʻli oʻz davrining yirik tasavvuf shayxi va shoiri boʻlgan. Poshshoxoja Niso va Marv mad-rasalarida taxsil olgan. Muhammad Shayboniyxon qozoq xonlari ustiga qilingan harbiy yurishdan qaytayotganda Nisoda toʻxtab, Poshshoxojani Durun viloya-tiga hokim qilib tayinlaydi (1508-y. apr.). 1510-y. P. Nisoning yangi hokimi Muhammad Solih bilan birgalikda Marv jangiga yetib kelgan. Shayboniyxon oʻlimidan soʻng dastlab Samarqand, soʻngra Buxoroga kelib yashagan. Shayboniylardan Muhammad Temur Sulton va Koʻchkunchixon xizmatlarida boʻlib (1511 — 14), Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida jumlat ul-mulk, sadrlik lavozimlarida ishlagan (1515—16). Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni fath etgach (1529-y. 21 okt.), u sadrlikdan shayxulislomlik daraja-siga koʻtarilgan. Keyinchalik Balx hokimi Kistan Karo Sulton (1544-y. v. e.) huzurida sadrlik va shayxulislom vazifasida faoliyat koʻrsatgan (1534—43). Poshshoxoja 1543-y. da oʻz vazifasidan voz kechib, Buxoroga qaytadi va badiiy ijod bilan shugʻullanadi.

Poshshoxoja nasr va nazmda adabiy asarlar yaratgan. Muhammad «Xoja» taxallusi b-n ijod qilgan. U Shayboniyxonning oʻgʻli Temur Sultonga atab «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti», 1508—10), Kistan Qaro Sultonga bagʻishlab «Gulzor» (1538) kabi asarlar yozgan. Bu asarlarda axloqiy-didaktik xususiyatga ega boʻlgan fiqolarni sharx/tsh uchun mashhur podshohlar haqidagi turli hikoyat va masallar keltirilgan. Ularda davlatni boshqarish, raiyat bilan munosa-bat masalalari, insofli va adolatli podshoh obrazi tasvirlangan.

Poshshoxoja ruboiy, gʻazal, qita janrlarida ham ijod qilgan. Jonibek Sultonga atab «Maqsad ul-atvor» (1516—20) dostonini yozgan. Uzbek va fors tillarida tartib bergan devoni bizgacha yetib kelmagan. Poshshoxojaning oʻgʻli Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» («Doʻstlar yodnomasi») tazkirasida yozilishicha, Poshshoxojaning turkiy gazallariga Bobur yuqori baho bergan.

Poshshoxoja Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida dafn etilgan. Uning «Gulzor» va «Miftoh ul-adl» asarlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti va SanktPeterburg Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi. Asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.

As: Miftoh ul-adl va Gulzordan , T., 1962.

Ad.: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1983.

Manzura Davlatova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x