FITOMASSA

FITOMASSA (fito… va massa) — maʼlum maydon (yuza birligi) yoki ayni paytda yashash joyiga toʻgʻri keladigan oʻsimliklar ^ekosistema) biomassasi yigʻindisi. Oʻsimliklarning yer usti va yer osti organlari: barglar, novdalar, gullar, mevalar, poyalar, shoxlar, ildizlar, tuganaklar, piyozlar va b. dan iborat. Biomassa kabi g/m2, kg/ ga, g/m3 va b. oʻlchovlarda ifodalanadi. Fitomassa koʻrsatkichidan ekosistemalarning biologik hosildorligiga baho berishda foydalaniladi (mas, 1 ga paxtazorda butun vegetatsiya davrida 8 t dan 16 t gacha quruq Fitomassa yigʻiladi). Yer yuzasidagi oʻsimliklar hamjamiyatlarida, shu jumladan, agrobiotsenozlaryaa, Fitomassa, odatda, zoomassaga qaraganda koʻp. Fitomassaning madaniy oʻsimliklar (shu jumladan, ekinlar) yaratadigan va inson tomonidan foydalaniladigan qismi (mevalar, urugʻlar) hosil deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x