BOSHQARILADIGAN GAZ MUHITI

BOSHQARILADIGAN GAZ MUHITI — germetik berk kameralarda sunʼiy yaratilgan atmosfera. Sanoat usulida sabzavot, meva, uzum va b. ni uzoq saqlashda qoʻllaniladi. Muayyan harorat, namlik va gaz muhiti talab etiladi. Mac, 3% SO2, 5% O2, 92% N tarkibli muhitda va namlik 90—98%, harorat 02° da uzumni 8—9 oygacha sifatini buzmay sakdash mumkin. Gaz muhitining moʻtadilligi gazogeneratorpar … Читать далее

GIPS-BETON

GIPS-BETON — qurilish gipsi asosida tayyorlanadigan beton turi (q. Gips). G.-b. ni tayyorlashda tosh minerallar (koʻpincha, gʻovak va gʻadir-budur sirtli) va organik (yogʻoch qipiqlari, mayda somon va b.) toʻldirgichlardan foydalaniladi. G.-b. ga, odatda, qovushishini sekinlashtiruvchi qoʻshilmalar, shuningdek, uning suv va atmosfera taʼsirlariga chidamliligini oshiradigan qoʻshilmalar qoʻshiladi. G.-b. yogʻoch yoki organik materiallar bilan armaturalanadi. G.-b. asosida … Читать далее

VAKUUM TEXNIKASI

VAKUUM TEXNIKASI — vakuum hosil qilish, uni saqlash va oʻlchashda ishlatiladigan usullar va qurilmalar majmui. Fizika va kimyoning gazlarga, ularda oʻtadigan hodisalarga hamda gazsimon fazalar va b. ning oʻzaro taʼsirlashuvi qonunlariga asoslanadi. Vakuum texnikasida qoʻllaniladigan qurilmalar — vakuum nasoslari, vakuummetrlar va b. asboblar hajmi bir necha yuz m3 li sanoat kurilmalarida (mas., yadro zarralari tezlatkichlarida) … Читать далее

GUGURTTOGʻ OLTINGUGURT KONI

GUGURTTOGʻ OLTINGUGURT KONI (turkmancha — Gyugurtdagʻ) — Turkmanistonning jan.-sharqidagi kon, Koʻhitang togʻining gʻarbiy etagida, Amudaryodan shim. roqda, Mukri (Turkmaniston) t. y. stansiyasi yaqinida joylashadi. Konning oltingugurt zaxirasi dastlab 1928—30 y. larda aniqlangan. 1950-y. larda Gugurttogʻ oltingugurt konida yirik tuz koni (kaliy va osh tuzlari) razvedka qilindi. Ayni paytda Gugurttogʻ oltingugurt konidan sof oltingugurt va kaliy … Читать далее

BENZINLI KESKICH

BENZINLI KESKICH — yonilgi sifatida benzin yoki kerosin ishlatiladigan metall kesish apparata. Suyuq yonilgʻi idishi, keskich, yonilgʻi va kislorod uzatish shlanglaridan iborat. Bakda ortiqcha bosim hosil qiluvchi dastaki havo nasosi oʻrnatilgan; uning yordamida keskichga yonilgʻi beriladi. Kislorod ballonidan 3 atmosfera bosim b-n keladigan kislorod maxsus kamerada benzin (yoki kerosin) bugʻlariga qoʻshilib, yonuvchi aralashma hosil qiladi. … Читать далее

GIDRAZOBIRIKMALAR

GIDRAZOBIRIKMALAR — gidrazin molekulasida organik qoldiqlar saqlovchi birikmalar; G. bir oʻrin almashgan, simmetrik va nosimmetrik, dioʻrin almashgan, uch – va tetra urin almashgan birikmalarga boʻlinadi. Alifatik (alkilgidrazinlar), aromatik (arilgidrazinlar) yoki geterotsiklik guruhpar qoldiklari sifatida boʻlishi mumkin. Gidrazid xilidagi oʻrin almashgan birikmalar mono-, atsil – va di – oʻrin almashgan birikmalardan tashkil topadi. Gidrazobirikmalarga gidrazon va … Читать далее

GEOFIZIKA

GEOFIZIKA — Yer sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havo qatlamlaridagi jarayonlarni oʻrganadigan fanlar majmui. Uchta katta boʻlim: Yer fizikasi, gidrofizika va atmosfera fizikasidan iborat. Geofizikaning xususiy usullari xilma-xil boʻlib, ular qattiq, suyuq va havo qatlamlarining xususiyatlarini oʻrganish bilan bir-biridan farq qiladi. Geofizikaning bevosita Yerni oʻrganish bilan shugʻullanadigan qismi amaliy va umumiy boʻlimlardan … Читать далее

GEOKIMYOVIY SIKLLAR

GEOKIMYOVIY SIKLLAR — tadrijiy kechadigan kimyoviy jarayonlar majmui. Geokimyoviy sikllarda kimyoviy elementlar bir qancha migratsiyadan keyin, turli fizikkimyoviy qayta oʻzgarishlarda minerallar hosil qilib ishtirok etadi, izotop tarkibini oʻzgartirib, dastlabki holiga qaytadi. «Geokimyoviy sikllar» termini rus olimi A. Ye. Fersman tomonidan 1922 yda taklif etilgan. 1927-y. da V. I. Vernadskiy Yer poʻstidagi koʻpgina kimyoviy elementlarning Geokimyoviy … Читать далее

BAROMETR

BAROMETR (yun. baros — ogʻirlik – metr) — atmosfera bosimini Oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Turli xillari bor: 1) simobli Barometr ; gidrostatik qonunlariga asoslanib yasalgan; 2) metall Barometr yoki aneroid; qattiq jismning elastikligiga asoslanib yasalgan; 3) gipsotermometr yoki termobarometr; suyuqlik qaynash t-rasining tashqi atm bosimiga bogʻliqligiga asoslanib yasalgan; 4) gaz B. ; gazlarning elastiklik xossasiga asoslanib … Читать далее

GIDROLOGIK YIL

GIDROLOGIK YIL — daryo havzasida namlikning toʻplanishi va sarflanishi siklini toʻla qamrab oladigan vaqt. Bu vaqt oraligʻi daryolar havzasida qorning yogʻishi, toʻplanishi, eriy boshlashi va undan suv oqimi hosil boʻlishi davrini oʻz ichiga oladi. Joyning geografik oʻrni, iqlim sharoiti, relyefiga bogʻliq holda Gidrologik yilning boshlanishi va tugashi turli geografik kengliklarda turlicha vaqtlarga toʻgʻri keladi. Shim. … Читать далее