GIDROLOGIK YIL

GIDROLOGIK YILdaryo havzasida namlikning toʻplanishi va sarflanishi siklini toʻla qamrab oladigan vaqt. Bu vaqt oraligʻi daryolar havzasida qorning yogʻishi, toʻplanishi, eriy boshlashi va undan suv oqimi hosil boʻlishi davrini oʻz ichiga oladi. Joyning geografik oʻrni, iqlim sharoiti, relyefiga bogʻliq holda Gidrologik yilning boshlanishi va tugashi turli geografik kengliklarda turlicha vaqtlarga toʻgʻri keladi. Shim. kengliklarda Gidrologik yilning boshlanishi sifatida shim. dan jan. ga tomon mos ravishda 1 sent. dan 1 yanv. gacha oralikdagi biror muddat qabul qilinadi (G. y. boshi tegishli oyning birinchi kunidan boshlanadi). Gidrologik yil boshini oʻrtacha oylik havo t-rasi va atmosfera yogʻinlarining yil davomida taqsimlanishiga qarab ham aniqlasa boʻladi. Oʻrta Osiyo daryolari uchun Gidrologik yil boshi sifatida 1 okt. qabul qilingan, tabiiyki, Gidrologik yil oxiri 30 sent. ga toʻgʻri keladi. Gidrologik tadqiqotlarda kalendar yil oʻrniga Gidrologik yildan foydalanish ancha qulay.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x