GEOGRAFIK QOBIQ

GEOGRAFIK QOBIQ, landshaft qobigʻi, epigeosfera — Yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar oʻzaro tutashadigan va bir-biriga taʼsir etadigan qobigʻi. Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi juda murakkab. Uning yuqorigi va pastki chegaralari ham shartlidir. Atmosferada Geografik qobiq stratopauza buylab oʻtadi deb hisoblaydilar, chunki Yer yuzasining atmosfera jarayonlariga boʻlgan issiqlik taʼsiri shu chegaragacha davom etib, litosferada esa … Читать далее

GAZ DVIGATELI

GAZ DVIGATELI — gaz holatidagi yoqilgʻi yoki yonilgʻi bilan ishlaydigan ichki yonuv dvigateli. Unda yoqilgʻi sifatida tabiiy gazlar yoki qattiq yoqilgʻidan gaz generatorida olinadigan sunʼiy gazlar hamda metallurgiyadagi chiqindi gazlar (domna, koks gazlari va b.), yonilgʻi sifatida suyultirilgan gazlar ishlatiladi. Gaz bosimi atmosfera bosimigacha pasaytirilib, havo bilan aralashtiriladi, dvigatel silindriga kiritiladi va elektr uchquni bilan … Читать далее

GIDROMETRIYA

GIDROMETRIYA (gidro… va metriya) — gidrologiya fanining oʻlchov qismi. Suv obyektlarining gidrologik rejimi elementlari, suv sathi, suv sarfi, suvning oqish tezligi, loyqaligi, kimyoviy tarkibi, harorati, muzlanish hodisalari, suv yuzasining nishabligi va b. oʻlchash, kuzatish usullari va asboblarni ishlab chiqish hamda ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shugʻullanadi. Qaysi suv turi oʻrganilishiga qarab, Gidrometriya atmosfera suvlari … Читать далее

BAROMETRIK FORMULA

BAROMETRIK FORMULA — ogʻirlik kuchi maydonidagi gaz (atmosfera) bosimining balandlikka qarab oʻzgarishini ifodalaydigan formula. Hamma balandliklarda t-ra birday hisoblanganda (izotermik hol): bunda: r — gaz bosimi, s — gazning molekulyar ogʻirligi, R — gaz doimiysi, g — ogʻirlik kuchi tezlanishi, T — mutloq t-ra. Barometrik formula balandlik ortib borgan sari gaz (atmosfera) bosimining kamayib borishini … Читать далее

YER NURLANISHI

YER NURLANISHI — yer sirtining issiqlik nurlanishi; Yer sirtining t-rasi uncha yuqori boʻlmaganligi uchun undan toʻlqin uz. 3—80 mkm gacha boʻlgan elektromagnit nurlanishlar chiqib turadi. Yer sirtidan chiqadigan toʻlqinlar atmosferada yutilib, uni qizdiradi. Atmosfera ham Yerga deyarli oʻshanday uzunlikdagi elektromagnit toʻlqinlari yuboradi va yer sirti yoʻqotgan issiqlik oʻrnini qisman qoplaydi. Yer nurlanishi bilan atmosfera nurlanishi … Читать далее

YER OSTI SUVLARI

YER OSTI SUVLARI — Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Yer osti suvlari umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Yer osti suvlarini gidrogeologiya … Читать далее

YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YUNONA

YUNONA (lot. — qadimgi rimliklar maʼbudasi nomidan) — kichik sayyora (asteroid). 1804-yilda nemis astronomi K. Garding kashf etgan. Quyosh sistemasidagi uchinchi kichik sayyora. Diametri 225 km. Yunonaning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,668 astronomik birlik, Quyosh atrofini 4,36 yilda toʻliq bir marta aylanib chiqadi. Orbitasining ekliptikaga ogʻmaligi 13°0. Ekssentriteti 0,258, koʻrinma yulduz kattaligi 7,0 dan 10,0 gacha … Читать далее

YONGʻIN

YONGʻIN — bir zumda shiddat bilan roʻy beradigan va tez tarqaladigan yonish jarayoni. Moddiy boyliklarni yoʻqotadi va inson hayoti uchun xavf soladi. Yongʻinga, asosan, olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, elektr va gaz asboblaridan hamda ishlab chiqarish jihozlaridan foydalanishning qoida va meʼyorlarini buzish, moddalar (materiallar) ning oʻzoʻzidan alangalanishi sabab boʻladi. Tashqi (ochiq), mas, choʻl, oʻrmon, neft va … Читать далее

YUPITER

YUPITER (lot. — qadimgi Rimliklarning oyaiy xudosi nomidan) — Quyosh sistemasidagi eng katta, Quyoshdan uzoqligi boʻyicha beshinchi sayyora. Astronomik belgisi S.. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 5,204 astronomsh birlik (778,6 mln. km) ga teng. Orbitasining ekssentrisiteti 0,0484. Orbita tekisligi va ekliptika orasidagi burchak G18. Quyosh atrofida siderik aylanish davri 4332,59 sutka (11,862 yil), orbita boʻylab oʻrtacha tezligi … Читать далее