VADOZ SUVLARI

VADOZ SUVLARI (lot. vadosus — sayoz) — Yer poʻstining yuqori qismidagi gʻovak, yoriq va boʻshliqlarida joylash-gan yer osti suvlari. Atmosfera suvlarining shimilib yigʻilishidan hosil boʻladi. Baʼzan aeratsiya zonasidagi yer osti suvlarini ham Vadoz suvlari deb ataydilar. Q. x. da ayniqsa quruq iklimli r-nlarda Vadoz suvlaridan sugʻorishda foydalaniladi. Пост Навигацияси

GANIMED

GANIMED — 1) Yupiterning uchinchi tabiiy yoʻldoshi; diametri qariyb 5150 km; G. Galiley 1610-y. da kashf etgan. Sayyoradan uzoqligi 1,07 mln. km, uning atrofini 7,15 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Quyosh sistemasi yoʻddoshlaridan eng yirigi hisoblanadi. Yorugʻligi 5—6 yulduz kattaligida. «Pioner-10» kosm i k kemasida Ganimed sirti tekshirilgan va sirti muz «sovut» bilan qoplanganligi, atmosfera … Читать далее

GAZ TURBINALI DVIGATEL

GAZ TURBINALI DVIGATEL (GTD) — yoqilgʻi yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kamerasi va havo isitkichdan iborat. Gaz turbinali dvigatelni yaratish goyasini birinchi marta 1791-y. da ingliz ixtirochisi J. Barber taklif kilgan. Birinchi Gaz turbinali dvigatelning loyihasini rus muhandisi P. D. Kuzminskiy 1892-y. da taklif qilib, 1900-y. … Читать далее

BURUN QONASHI

BURUN QONASHI — burun boʻshligʻidan qon kelishi. Burunning lat yeyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi (tirnalishi, shilinishi, burunni kovlash), organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari (mas, gripp) B. q. ga sabab boʻladi. Yurak, buyrak, jigar, qon yaratuvchi aʼzolar kasallanganda, qon bosimi oshganda ham burun qonaydi. Baʼzan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi oʻzgarganda, shilliq pardaga muntazam kimyoviy … Читать далее