VOLYUNTARIZM

VOLYUNTARIZM (lot. voluntas — iroda) — 1) irodani borliqning eng oliy koʻrinishi, tamoyili deb karovchi falsafiy oqim. V. taʼlimotida insonning irodasi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Qad. davr falsafasidagi akl-idrok, ratsionalizmdan farkli oʻrta asr falsafasida, mas., A. Avgustin taʼlimotida iroda birinchi oʻringa chiqddi. A. Shopengauer amaliy idrokni ilgari surgan Kant falsafasiga tayansa ham, lekin undan farqli ravishda irodaning aqlidrokdan ustunligini yoqlab chiqdi va bu b-n Kant falsafasi, klassik falsafadan oʻzgacha yoʻl tutdi. F. Nisshe ham Shopengauer taʼsirida falsafaning markaziga inson irodasini qoʻyadi. Lekin uning talqinida iroda hokimlikka intilishni bildiradi. Nisshe hokimlikka erishish uchun irodani ishga solish inson faoliyatining hal qiluvchi hamda eng asosiy qobiliyatidir, deb talqin qiladi, mutlaq hokimlikka, hokimiyatga erishish uchun oʻta kuchli iroda egalari boʻlgan «oliy shaxoga sigʻinishni falsafiy asoslashga urinadi;

2) tarixiy jarayonlarning obyektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan, oʻzboshimchilik bilan siyosat yuritish, oʻz xohish – irodasini hamma narsadan yuqori qoʻyish. Volyuntarizm sobiq Shoʻrolar davrida keng quloch yoydi. Oʻzboshimchalik, xalq ommasi manfaatlariga zid qilmishlar salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x