BUTAN

BUTAN, Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Jan. Osiyodagi, Himolay togʻlarining sharqiy qismidagi davlat. Mayd. 47 ming km2. Aholisi 2 mln. kishi (2000). Poytaxti — Thimphu sh. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga boʻlingan.

Davlat tuzumi. Butan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshligʻi — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari — rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.

Tabiati. Butan hududi togʻliqsan iborat. Eng baland choʻqqisi — Jomolxari (7314 m). Iqlimi togʻtropik, musson, sernam, togʻlarning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda oʻrtacha tra yanv. da — 4,5°, iyulda 17°. Yiliga 1000—5000 mm yogʻin yogʻadi. 3500 m balandlikkacha oʻrmon, undan balandda subalp va alp oʻtloqpari. Daryolari — Sankosh, Amo, Kuru. JigmiDorji, Gaza, Manaz qoʻriqxonalari bor.

Aholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — bxotiya (dzongke, tibet tiliga yaqin). Asosiy dini — lama mazhabidagi budda dini.

Butan 9-a. oxirlaridan Tibetga, 19-a. ning 2-yarmidan 1947-y. gacha Angliyaga qaram boʻlgan. 1949-y. dagi shartnomaga koʻra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan bamaslahat olib boradi. Milliy bayrami — 17 dek. — podsho saylangan kun (1917).

Butan — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ulushi 42,7%, sanoat ulushi 9,6%. Q. x. da dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Vodiylarida sholi, arpa, burdoy, tariq, makkajoʻxori, jan. da paxta ekiladi. Jan. sharqida bogʻdorchilik taraqqiy etgan (mango, apelsin, pizang va b.). Yaylovlarda quy, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho daraxtlar koʻp; lok, mushk, mum tayyorlanadi. Yigiruv va toʻquv hunarmandchiligi, oʻymakorlik qadimdan rasm boʻlgan. Taxta tilish z-di va meva konserva fkasi bor. 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968 i. dan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulov. Avtomobil yoʻllari uz. 2,5 ming km. Butan chetga yogʻoch, kumir, muskus, lok, grafit, fil suyagi chiqaradi. Chet el sayyoxligi rivojlangan. Tashki savdodagi asosiy mijozi — Hindiston (tashqi savdo aylanmasining 95%). Pul birligi — ngultrum.

Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari taqiqlangan. 1990-y. da asos solingan Butan kongressi partiyasi, Butan xalq partiyasi va 1992-y. da tashkil boʻlgan Butan milliy demokratik partiyasi Nepalda ish yuritadi. Mamlakatda chiqadigan haftalik hukumat gaz. — «Kuensel» ingliz, dzongke va nepal tillarida nashr etiladi. «Butan brodkasting servis» radioeshittirish va telekoʻrsatuvi 1973-y. da Butan yoshlar uyushmasining milliy radiosi sifatida tashkil etilgan. 1992-y. dan mustaqil.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x