BUENOS-AYRES

BUENOS-AYRES — Argentina poytaxti, muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniymaʼmuriy markazi. Rasmiy chegarasi federal poytaxt okrugi hisoblanadi. LaPlata qoʻltigʻining oʻng sohilida. Aholisi 6 mln., shahar atrofi b-n 11,8 mln. kishi (1999). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 22°, iyulda 10°, yiliga oʻrtacha 1000 mm yogʻin tushadi. 1536-y. da ispan bosqinchilarining sardori Pedro Mendos asos solgan. 1541-y. da ispanlar … Читать далее

BUXORO VILOYATI

BUXORO VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Buxoro viloyati xududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Jan. sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shim. garbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shim. va sharqdan Navoiy viloyati, jan. sharqda Qashqadaryo viloyati, jan. garbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 39,4 ming km2. Aholisi 1443 mingdan ziyod kishi (2001). … Читать далее

GEOGRAFIYA

GEOGRAFIYA (yun. geo… va…grafik) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi b-n ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194-y. larda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9 — 10-a. lardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida «surati … Читать далее

GAITI

GAITI (Haiti), Gaiti Respublikasi (RepubliguedʻHaiti) — Vest-Indiyadagi davlat. Katta Antil o. lari guruhidagi Gaiti o. ning garbiy qismini va bir qancha mayda orollar, jumladan Gonav va Tortyu o. larini oʻz ichiga oladi. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 7,3 mln. kishi (2000). Poytaxti — Port-o-Prens sh. Maʼmuriy jihatdan 9 depar-tamentga, departamentlar okruglarga, okruglar esa jamoa (kommuna)larga … Читать далее

VENESUELA

VENESUELA (Venezuela), Venesuela Bolivar Respublikasi (La Republica Bolivariana de Venezuela) — Jan. Amerikaning shim. dagi davlat. Shim. dan Karib dengizi va Atlantika okeani bilan oʻralgan. Mayd. 912,1 ming km2. Aholisi 23 mln. kishi (1999). Poytaxti — Karakas sh. Maʼmuriy jihatdan federal (poytaxt) okrug, 22 shtat, 72 federal hududga boʻlingan. Davlat tuzumi. Venesuela — federativ respublika. … Читать далее

VAQT

VAQT — 1) materiyaning asosiy yashash shakllaridan biri (q. Fazo va vaqt); 2) tabiatdagi biror davriy hodisaga, mas., Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan oʻlchov birligi. Vaqtni oʻlchash. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadigan Vaqt birligi sutka (bir kecha-kunduz) deb ataladi. Vaqtning kattaroq birliklari oy (Oyning Yer atrofida aylanish davri), yil … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее

GARDMAN

GARDMAN (Gardaboni) — Kavkaz Albaniyasi hududidagi knyazlik; mil. 4-a. dan maʼlum. Savdo yoʻllari tutashgan yerda geografik jihatdan qulay joylashuvi Gardmanning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga imkon bergan. Gardman sosoniylarta tobe boʻlgan. 6-a. oxiri — 7-a. boshlarida, mehroniylar sulolasi davrida Gardman yuksalgan. Mehroniylar mustahkam Gardman qalʼasini qurdirganlar va Bardaa sh. ni qoʻshib olish hisobiga oʻz mulklarini kengaytirganlar. … Читать далее

YERMAK

YERMAK, Yarmoq (asl ismi Vasiliy) Timofeyevich (7—1585.6.8) — kazak atamani. Podsho Ivan IV koʻlida xizmat qilgan. Sibirga qilgan yurishi b-n Rossiyaning Sibirni bosib olishini boshlab berdi. Katta Noʻgʻoy oʻrdasi xoni Urmuhammad, Yermak 1581-y. yozidauning 1060 bosh otini haydab ketgani uchun Ivan IV dan Yermakni tutib berishni soʻrab, elchi joʻnatadi. Ivan IV rozi boʻladi. Yermak oʻz … Читать далее

YEVROVIDENIE

YEVROVIDENIE (Yevropa koʻrsatuvi) — Yevropa radioeshittirish uyushmasi doirasida televizion dasturlarni xalqaro ayirboshlash boʻyicha tashkiliytexnik tizim. 1954-y. da tashkil topgan. Yevrovideniyega 50 mamlakatdan 69 televizion tashkilot hal qiluvchi ovoz b-n, 49 tashkilot maslahat ovozi bilan ishtirok etadi (2002). Barcha koʻrsatuvlarni ayirboshlashni Yevropa teleradioeshittirish uyushmasi muvofiqlashtiradi. U 1991-y. ning 1 yanv. dan Intervideniye xalqaro televizion tarmoq bilan … Читать далее