GARDMAN

GARDMAN (Gardaboni) — Kavkaz Albaniyasi hududidagi knyazlik; mil. 4-a. dan maʼlum. Savdo yoʻllari tutashgan yerda geografik jihatdan qulay joylashuvi Gardmanning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga imkon bergan. Gardman sosoniylarta tobe boʻlgan. 6-a. oxiri — 7-a. boshlarida, mehroniylar sulolasi davrida Gardman yuksalgan. Mehroniylar mustahkam Gardman qalʼasini qurdirganlar va Bardaa sh. ni qoʻshib olish hisobiga oʻz mulklarini kengaytirganlar. Poytaxt G. qalʼasidan Bardaaga koʻchirilgan. Gardmanning eng kuchli hukmdorlaridan biri Javonshir boʻlgan. Uning avlodlari aranshoh unvoni bilan atalgan. Gardman hokimlari sosoniylar, soʻngra arablarga qarshi mustaqillik urushlari olib borganlar. 8-a. boshida butun Ozarbayjon kabi Gardman ham Arab xalifaligi tomonidan zabt etilib (705) mehroniylar hokimiyati tugatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x