BUENOS-AYRES

BUENOS-AYRESArgentina poytaxti, muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniymaʼmuriy markazi. Rasmiy chegarasi federal poytaxt okrugi hisoblanadi. LaPlata qoʻltigʻining oʻng sohilida. Aholisi 6 mln., shahar atrofi b-n 11,8 mln. kishi (1999). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 22°, iyulda 10°, yiliga oʻrtacha 1000 mm yogʻin tushadi.

1536-y. da ispan bosqinchilarining sardori Pedro Mendos asos solgan. 1541-y. da ispanlar indeyslarning zarbasiga bardosh berolmay, shaharga oʻt qoʻyib vayron qilishgan. 1580-y. B. A. qayta qurila boshladi. 1776-y. dan LaPlata vitse qirolligi poytaxti. 1816 — 26 y. larda B. A. LaPlata Birlashgan provinsiyasining, 1880-y. dan Argentinaning poytaxti.

Buenos-Ayres yirik t. y. tuguni (undan 18 tomonga t. y. ketgan) va dengiz porti (yuk tushirish va ortish yiliga 20 mln. t), Jan. Amerikadagi havo yoʻllarining markazi; xalqaro Eseys aeroporti bor. Mamlakat importining 85%i, eksportining43% i B. A. orqali oʻtadi. Mamlakat sanoat mahsulotining deyarli 50%i B. A. da ishlab chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: oziq-ovqat va yengil sanoat. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, yogoch tilish, sement z-dlari bor. Unt (1821-y. dan), ilmiy muassasalar (adabiyot, iktisod, huquq va ijtimoiy fanlar akademiyalari), Argentina milliy kutubxonasi, 30 muzey, 40 dan ortiq teatr, konservatoriya (1893-y.), telemarkaz, metropoliten, botanika bogʻi bor. Buenos-Ayresda axoliyey ispan tilida soʻzlashadigan Lotin Amerikasi davlatlari uchun kitoblar bosib chiqariladi. Shaharda koʻp qavatli, oyna va temirbetondan qurilgan mehmonxona, bank kabi maʼmuriy binolar koʻp. Meʼmoriy yodgorliklaridan BuenosAyres shahrining markaziy koʻchalaridan biri.

San-Ignasio cherkovi (1710—34), ratusha (1725—54), sobor (1804), «Kolon» teatri (1909) va 6. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x