YAKOBSON Roman Osipovich

YAKOBSON Roman Osipovich [1896. 11(23).10, Moskva 1982, AQSH] rus va amerika tilshunosi, adabiyotshunos. Moskva (Lazarev) Sharq tillari instituti (1914) va Moskva un-ti (1918)ni tugatgan. 1921-yildan xorijda. Garvard un-ti va Massachusets texnologiya instituti prof. Moskva, Praga, Nyu-York tilshunoslik toʻgaraklariga, ruschex tilshunosi N. S. Trubeskoy (1890—1938) bilan hamkorlikda strukturalizmga. (q. Strukturaviy tilshunoslik) asos solgan olimlardan. Asosiy ilmiy … Читать далее

YER

YER — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. … Читать далее

YER TUZISH XARITASI

YER TUZISH XARITASI — yerga egalik qiluvchi xoʻjaliklar hududidagi tafsilotlar (sugʻorish va yoʻl tarmoqlari, aholi yashash joylari va h. k.) va yer turlari (haydaladigan yerlar, bogʻlar, yaylovlar va b.) gorizontal proyeksiyasining kichraytirilgan tasviri. Yer tuzish xaritasi aerofotosuratlar asosida maxsus fotografiya asboblari yordamida joy tasvirining toʻla maʼlumotlari bilan tuziladi. Ayrim hollarda Yer tuzish xaritasi dala oʻlchov … Читать далее

YOZUV

YOZUV — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv — kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yozuvning paydo boʻlganiga … Читать далее

YER HUQUQI

YER HUQUQI — huquqning yer munosabatlarini tartibga soluvchi sohasi. Yer munosabatlari yerdan foydalanish, ayrim turdagi yerlarning huquqiy tartibi, yer tuzish va h. k. ni oʻz ichiga oladi. Fuqarolik huquqi normalari Yer huquqining oʻzagini tashkil etadi. Yer huquqida, shuningdek, maʼmuriy va ekologiya huquqi normalari ham muhim ahamiyatga ega. Yer huquqining normativ ququqiy asosini OʻzR Konstitutsiyasi, Yer … Читать далее

YOKOXAMA

YOKOXAMA, Iokogama — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o. da, Tokio qoʻltigʻi sohilida. Kanagava prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 3,3 mln. kishi (1995). Yokoxamaga 1858-y. da asos solingan. 19-a. ning 70-y. larida y. Yaponiyaning eng katta portlaridan biri edi (mamlakat tashqi savdo aylanmasining 70%i). Shahar 1923-y. da zilzila va yongʻindan, 1945-y. da Amerika aviatsiyasi bombardimonidan katta zarar koʻrdi. … Читать далее

YELKANLI KEMA SPORTI

YELKANLI KEMA SPORTI — yelkanli kemalar poygasi. Bunday poygalar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha turli masofalarga oʻtkaziladi. Gʻolib barcha poygalar natijasiga koʻra aniqlanadi. Yelkanli kema sporti s 18-a. da Buyuk Britaniyada paydo boʻlgan. 1907-yilda Yelkanli kema sporti s xalqaro uyushmasi (IYRU)ra asos solingan; u 100 ga yaqin mamlakat federatsiyalarini birlashtiradi. 1932-y. dan Yevropa, 1922-y. dan jahon birinchiliklari … Читать далее

YABLOCHKOV Pavel Nikolayevich

YABLOCHKOV Pavel Nikolayevich [1847.2(14).9, Saratov gubernyasi Serdobsk uyezdi — 1894.19(31).3, Saratov] — elektrotexnika sohasidagi rus ixtirochisi, harbiy muhandis. Yoyli lampa — «Yablochkov shami»ni ixtiro etib (1876), elektr chiroqqa asos soldi va patent oldi. Uni choʻgʻlantirish uchun oʻzgaruvchan tokdan foydalandi. Yablochkov oʻzgaruvchan tok elektr mashinasining original konstruksiyasini ishlab chiqsi; transformatorni ixtiro qildi (1876). Yablochkov yoyli lampalarning … Читать далее

YOSHKAR-OLA

YOSHKAR-OLA (1919-y. gacha Saryo vo – kokshaysk, 1919—27y. larda Kras – nokokshaysk) — RFdagi shahar, Mariy El Respublikasi poytaxti. Volga daryosidan 50 km shim. da. Qozon — Moskva liniyasidagi t. y. stansiyasi. Shosse yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 276,5 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. «Elektroavtomatika», yarimoʻtkazgich asboblar, «Kontakt», … Читать далее

YEVKLID

YEVKLID, Evklid (Eukleides) (mil. av. 3-a.) — yunon matematigi; mat., optika, mexanika, musiqaga oid asarlar muallifi. Yevklid asli tir (Livan)lik boʻlib, Iskandariyada yashab, ijod etgan va u yerda oʻz ilmiy maktabini yaratgan. Asosiy matematik asari — «Negizlar». Unda Yevklid oʻzigacha Yunonistonda toʻplangan boy matematik materialni mantiqiy tartibga tushirgan, mat. ning kelgusi taraqqiyotiga asos solgan. Bu … Читать далее