YABLOCHKOV Pavel Nikolayevich

YABLOCHKOV Pavel Nikolayevich [1847.2(14).9, Saratov gubernyasi Serdobsk uyezdi — 1894.19(31).3, Saratov] — elektrotexnika sohasidagi rus ixtirochisi, harbiy muhandis. Yoyli lampa — «Yablochkov shami»ni ixtiro etib (1876), elektr chiroqqa asos soldi va patent oldi. Uni choʻgʻlantirish uchun oʻzgaruvchan tokdan foydalandi. Yablochkov oʻzgaruvchan tok elektr mashinasining original konstruksiyasini ishlab chiqsi; transformatorni ixtiro qildi (1876). Yablochkov yoyli lampalarning bir necha konstruksiyasini yaratdi. 1880-yildan elektr sham oʻrnini T. Edison ixtiro qilgan choʻgʻlanma lampa egalladi. Yablochkov turli elektr toki generatorlari — dinamomashinalar, galvani elementlarini ham loyihalagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x