BRISBEN

BRISBEN, Brisbeyn — Avstraliya Ittifoqining sharqidagi shahar. Tinch okean sohilida. Kvinslend shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan birga 1,5 mln. kishi (1996). Brisben daryosi Morton qoʻltigʻiga quyiladigan joydagi dengiz porti. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning industriya va madaniy markazlaridan. Shtatdagi sanoat korxonalarining deyarli yarmi Brisbenda toʻplangan. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik … Читать далее

BRASHOV

BRASHOV — Ruminiyaning markaziy qismidagi shahar, Brashov judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 324 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. tuguni. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yogochsozlik, koʻn poyabzal, kimyo, qurilish materiallari, poligrafiya sanoati korxonalari; intlar, muzey va teatrlar bor. 15—16a. larda Transilvaniyaning bosh shahri boʻlgan. Shahar devori (13—17-a. lar), … Читать далее

BOGʻOT TUMANI

BOGʻOT TUMANI — Xorazm viloyati tarkibidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1930 va 50-y. larda bir necha marta yondosh tumanlarga qoʻshib yuborilgan va qayta tiklangan, 1970-y. 7 dek. da qayta tashkil etildi). Bogʻot tumani Xorazm viloyatining jan. sharqiy qismida joylashgan. Gʻarb va shim. da viloyatning Yangiariq va Xonqa tumanlari, Amudaryo b-n, sharkda Hazorasp … Читать далее

BONN

BONN — Germaniyadagi shahar, Shimoliy ReynVestfaliya yeri hududida, Reyn daryosining chap sohilida. Aholisi 412 ming kishi (1995). Bonnga 1-a. da rimliklar asos solgan. 1273—1794-y. larda Kyoln kurfyurstlari qarorgohi. 1814-y. dan Prussiya tarkibiga kirgan. 1945—49 y. larda Germaniyaning Angliya okkupatsiya qilgan zonasida boʻlgan. 1949-y. dan GFR poytaxti. 1989-y. dagi siyosiy oʻzgarishlar tufayli GFR va Germaniya Demokratik … Читать далее

BRYUSSEL

BRYUSSEL — Belgiya poytaxti. Brabant provinsiyasining maʼmuriy markazi. Senna daryosi boʻyida. Aholisi qariyb 1,22 mln. (1995), asosan flamand va vallonlar, koʻpchiligi katolik. Bryussel 11-a. yilnomalarida ilk bor tilga olinadi. Luven graflari qarorgohi boʻlgan. 12-a. dan Brabant tarixiy viloyatining asosiy iqtisodiy markazi, keyinchalik Flandriya va Burgundiyaning markazi. 15-a. da Niderlandiya tarkibida Gabsburglar hukmronligiga oʻtgan. 1585-y. martda … Читать далее

VITAMINLI OZUQALAR

VITAMINLI OZUQALAR — oʻsimlik bilan hayvon chiqindilaridan tayyorlanadigan servitamin ozuqa, aralash yem. Vitaminlarnint yetishmasligi hayvonlar organizmida gipovitaminoz kasalliklarini keltirib chiqaradi. Yosh, boʻgʻoz va sogʻiladigan mollarda ayniksa vitaminlarga talab katta boʻladi. Ayrim vitaminlar hayvon organizmi-ning oʻzida, mas., A vitamini karotindan, D vitamini sterindan sintezlanadi. Kovsh qaytaruvchi hayvonlarning meʼda yoʻlidagi mikroflora taʼsirida S, K, V guruhidagi vitaminlar … Читать далее

VENTIL

VENTIL (lot. ventilo — puflayman esaman) — 1) bir tomonlama oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan elektr asboblarining umumiy nomi. Toʻgʻri tok yoʻnalishida kam qarshilikka, teskari tok yoʻnalishida esa katta qarshilikka ega boʻladi. Boshqacha aytganda, Ventil tokni bir («toʻgʻri») yoʻnalishda yaxshi, ikkinchi («teskari») yoʻnalishda yomon oʻtkazadi. Bu xossasi tufayli Ventil tokni toʻgʻrilash qurilmasi sifatida keng qoʻllaniladi. Ventillik … Читать далее

VANADIY

VANADIY (Vanadium), V — Mendeleyev davriy sistemasining V guruh kimyoviy elementi; atom raqami 23, at. m. 50,942; kulrang metall. Tabiiy Vanadiyning ikkita izotopi bor. Barqaror 31V (99,75%) va beqaror 5»V (0,25%). 50V ning yarim yemirilish davri 10y yil. Vanadiyni 1801-y. da meksikalik mineralog A. M. Del-Rio qoʻngʻir qoʻrgʻoshin rudasida topgan. 1830-y. da shved kimyogari N. … Читать далее

VOLGOGRAD VILOYATI

VOLGOGRAD VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1936-y. 5 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 113,9 ming km2. Aholisi 2645 ming kishi (1999), shaharliklar 76%. V. v. da 19 shahar, 32 shaharcha bor (1991). Markazi — Volgograd sh. Volgograd viloyati Quyi Volga boʻyida dasht va chala choʻl zonasida. Volga daryosi vodiysi viloyat hududini 2 qismga: gʻarbiy — … Читать далее

BYUDJET STATISTIKASI

BYUDJET STATISTIKASI — aholining turli ijtimoiy guruhlari (sanoat ishchilari, xizmatchilar, injener-texnik xodimlar va b.) turmush darajasini oʻrganuvchi statistika sohasi; byudjet tekshiruvlari natijasida olingan statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish bilan shugʻullanadi. Oilalarning byudjetlari haqidagi statistik maʼlumotlarni tahlil qilish isteʼmol krnuniyatlarini ochib beradi. Bu qonuniyatlar xalq xoʻjaligini rivojlantirish va barcha aholining farovonligini oshirish uchun rejalar … Читать далее