BOKU

BOKU (ozarbayjoncha Bakы) — shahar, Ozarbayjon poytaxti. Ozarbayjonning yirik sanoat, fan va madaniyat markazi. T. y. tuguni. Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilidagi yirik port. Apsheron ya. o. ning jan. qismida. Bokuning markaziy qismi Boku buxtasiga zinapoyasimon pasayib tushuvchi amfiteatr shaklida joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 3°, iyulniki 25—30°, yiliga 180—300 mm yogʻin yogʻadi. Kuz faslida koʻpincha … Читать далее

GOYAS

GOYAS — Braziliyadagi shtat, Braziliya yassitogʻligining markaziy qismida, Tokantins daryosi havzasida. Mayd. 340,2 ming km2. Axrlisi 4,99 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Goyaniya sh. Relyefi bal. 800—900 m li Goyas yassitogʻligidan iborat. Yozi sernam subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 22 — 26°, yiliga 1500—2000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining katta qismini shim. da savannalar egallagan, … Читать далее

BATUMI

BATUMI — Gruziya Respublikasidagi shahar (1878-y. dan), Ajariya Respublikasi poytaxti (1921-y. dan). Qora dengiz sohilidagi yirik port, kurort shahar va sanoat markazi. Boku — Batumi t. y. ning oxirgi st-yasi. Jan. da Turkiya bilan chegaradosh. Aholisi 137 ming kishidan ziyod (1999). Batumining iqlimi iliq, nam subtropik. Oʻrtacha yillik t-ra 14°, avg. da oʻrtacha t-ra 23°, … Читать далее

YOGʻOCHSOZLIK SANOATI

YOGʻOCHSOZLIK SANOATI — oʻrmon sanoatining yogʻochga mexanik va kimyoviymexanik ishlov berish, qayta ishlash hamda xom ashyo sifatida oʻz ehtiyojlari uchun turli yogʻochlardan foydalanadigan tarmogʻi. Yogʻochsozlik sanoati s mahsulotlariga arralangan yogʻoch, shpal, faner, yogʻoch toʻsinlar, qurilishda ishlatiladigan yogʻoch detallar, mebel, yogʻoch qipiklaridan va tolalaridan plitalar, parket, eshik, rom, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, vagon qurilishi, q. x. mashinalari … Читать далее

YEREVAN

YEREVAN (1936-y. gacha Erivan) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shim. chekkasida, Razdan daryosi (Arakening chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avg. ning oʻrtacha t-rasi 24,8°, yanv. niki —4,2°. Yiliga 320—350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan … Читать далее

YANGIYOʻL

YANGIYOʻL (1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) — Toshkent viloyatidagn shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda. T. yil stansiyasi. Aholisi 60,3 ming kishi (2005). Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor … Читать далее

YENGIL SANOAT

YENGIL SANOAT — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari i. ch. ga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot i. ch. amalga oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari … Читать далее

GʻIJDUVON TUMANI

GʻIJDUVON TUMANI — Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.sharqiy chekkasida joylashgan. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan.: 1935 — 38 y. larda Akmal Ikromov tumani nomi bilan yuritp. tgan. Shim.. sharq va jan.sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmapa. jan. dan Vobkent, gʻarbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 3,94 ming km,. Axrlisi 239 ming kishi (2005). Tumanda 1 … Читать далее

GʻIJDUVON

GʻIJDUVON — Buxoro viloyati Gʻij-duvon tumanidat shahar (1972-y. dan), tuman markazi. Buxoro sh. dan 49 km shim.-sharqda, Buxoro vohasining yuqori qismida joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Qiziltepa (17 km). aholisi 38,6 ming kishi (2003). Gʻijduvon toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar mavjud. Shulardan «Kish tuvon» («kish» tojikcha ekin ekuvchi, «tu-von» — … Читать далее

BRISBEN

BRISBEN, Brisbeyn — Avstraliya Ittifoqining sharqidagi shahar. Tinch okean sohilida. Kvinslend shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan birga 1,5 mln. kishi (1996). Brisben daryosi Morton qoʻltigʻiga quyiladigan joydagi dengiz porti. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning industriya va madaniy markazlaridan. Shtatdagi sanoat korxonalarining deyarli yarmi Brisbenda toʻplangan. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik … Читать далее