GOYAS

GOYAS — Braziliyadagi shtat, Braziliya yassitogʻligining markaziy qismida, Tokantins daryosi havzasida. Mayd. 340,2 ming km2. Axrlisi 4,99 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Goyaniya sh. Relyefi bal. 800—900 m li Goyas yassitogʻligidan iborat. Yozi sernam subekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 22 — 26°, yiliga 1500—2000 mm yogʻin yogʻadi. Hududining katta qismini shim. da savannalar egallagan, doim yashil oʻrmonlar bor.

Goyas — agrar shtat; yirik shaharlar atrofida dehqonchilik, ichki r-nlarda ekstensiv chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Asosiy q. x. ekinlari — sholi, shakarqamish, paxta, shuningdek, kofe, tamaki, makkajoʻxori, maniok, loviya yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan asbest (Braziliyada 1-oʻrinda), oltin, olmos, qisman nikel, mis olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, qurilish materiallari i. ch., yogʻochni qayta ishlash, koʻn poyabzal. Yirik shaharlari: Anapolis, Seris.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x