BATUMI

BATUMIGruziya Respublikasidagi shahar (1878-y. dan), Ajariya Respublikasi poytaxti (1921-y. dan). Qora dengiz sohilidagi yirik port, kurort shahar va sanoat markazi. BokuBatumi t. y. ning oxirgi st-yasi. Jan. da Turkiya bilan chegaradosh. Aholisi 137 ming kishidan ziyod (1999). Batumining iqlimi iliq, nam subtropik. Oʻrtacha yillik t-ra 14°, avg. da oʻrtacha t-ra 23°, yanv. da 6,4°; yyliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Shahar oʻrta asrlarda Batomi deb yuritilgan. 17-a. da Usmonli turklar saltanati tarkibiga kirgan. Berlin shartnomasiga koʻra 1875-y. da Rossiyaga qoʻshib olingan.

Neft qayta ishlanadi, mashinasozlik (kemalar, neft va choy sanoati uchun jihozlar, transformator, elektrokar va b. ishlab chiqariladi), oziq-ovqat (choy, tamaki f-kalari, sitrus mevalari mahsulotlari kti va b.), yengil (koʻn poyabzal va tikuvchilik i. ch. birlashmalari) sanoatlari rivojlangan. Texnik rezina buyumlari, kimyo-farmatsevtika, kofein z-dlari bor. Ped. in-ti, 2 teatr, 2 muzey, akvarium-delfinariy bor. Batumi botanika bogʻida tropik va subtropik mintaqalarga xos oʻsimliklar oʻstiriladi. Shahar yaqinvda Maxinjauri, Zelyoniy Mis (Yashil burun), Sixisdziri, Kobuleti kurortlari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x