GʻIJDUVON TUMANI

GʻIJDUVON TUMANIBuxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.sharqiy chekkasida joylashgan. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan.: 1935 — 38 y. larda Akmal Ikromov tumani nomi bilan yuritp. tgan. Shim.. sharq va jan.sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmapa. jan. dan Vobkent, gʻarbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 3,94 ming km,. Axrlisi 239 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Gʻijduvon). 1 shaharcha (Zafarobol), 14 qishloq fuqarolari ninshi (Armechan. Buk-taroy. Gʻovshun, Zarangari. Koʻkcha. Poza1ari. Rayonobod, Soktari. Sarvari. Sarmijon, Ulfatbibi. Fayzul. ta Yupusov. Firishkent. qoraxoni) bor. Markazi — Gʻijduvon sh.

T a b i a t i . Tuman xuludinnng yer yuzasi gʻarbga pasayib boruvchi tekis-lpkdan iborat. Shim. katta qismini Qizilkum choʻli egallagan. Shim va shim.-sharqida Qoratogʻ tizmasinmng gʻarbiy chekkalari joylashgan. Shoʻr-koʻl suv ombori atrofi toʻlqpnsimon plato. qirlardan, Zafarobod shaharchasi chekkalari yemirilgan past togʻlardan iborat. Eng balanl joilari 485—505 m (Koʻkcha togi. ta). Gʻijduvon sh. atrofida bal. 240—248 m.

Gʻijduvon tumanining shim.-gʻarbiy qismida joylashgan Oyoqogʻitma berk botigʻining nisbiy chuqurligi 133 m boʻlib, uning markaziy qismi tashlama suvlardan hosil boʻlgan Oyoqogʻitma koʻlidan iborat. Iqlimi subtropik belgilarga ega boʻlgan keskin kontinental choʻl iklimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0°, — G, iyulniki 26—28°. Eng past t-ra —25° (1969, 1984), eng yuqori t-ra 45° (Qumliklardagi ochiq joylarda 60—70°). Yiliga 130—150 mm yogʻin tushadi (asosan, qish va bahor oyla-rida yogʻadi). Yozi quruq va uzoq davom etadi. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Tuman Zarafshon daryosidan chiqaril-gan Sultonobod, Jilvon, Qalqon-rud, Pirmast ariqlari, Amu-Buxo-ro mashina kanali sistemasidagi tar-moqlar orqali suv bilan taʼminlanadi. Shoʻrkoʻl kanali oʻtkazilishi tufayli Qutchi, Jilvon mavzelarida yangi yerlar oʻzlashtirildi.

Tuprogʻi sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi-voha va taqirli voha tuproqlar. Choʻl zonasida esa sur-qoʻngʻir, choʻlqumli, taqirsimon shoʻrxok tup-roqlar tarqalgan. Orasida taqir tup-roqlar va taqirlar ham uchraydi. Oʻsim-lik va hayvonot dunyosi voha va choʻl zonasiga xos. Choʻlda iloq, arpagon, yaltirbosh, cherkez, karrak, oqpechak, shuvoq, selin, sassikkovrak, achchiq-miya, shoʻra, partak, singren, qoʻn-gʻirbosh, donashoʻr, oq jangal, yulgʻun, qandim, qora saksovul; suvga yaqin yerlarda qamish, qoʻgʻa, boʻyra qamish (eriantus), yulgʻun koʻp. Yovvoyi hayvonlardan jayran, qarsoq tulki, chiyaboʻri, tolay quyoni; yumronqoziq va b. ; sudralib yuruvchilardan boʻgʻma ilon, koʻlbor ilon (gyurza), echke-mar, kaltakesak, agama, toshbaqa, dasht tipratikani; qushlardan qora kaptar, tuvaloq, kaklik, zarafshon qirgʻovuli, burgut, qora bovur, oq bovur, bizgʻaldoq uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, ukra-in, tatar, boshqird, turkman, ar-man, ozarbayjon, belorus va b. mil-lat vakillari ham yashaydi. Ahrlining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 60,8 kishi. Shahar aholisi 43,6 ming kishi, qishloq aholisi 195,4 ming kishi (2005).

Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash, pivo va yaxna ichimliklar, meva-sabzavot konserva z-dlari, «Buxoroteks» toʻqimachilik korxonasi, avtokorxonalar, qurilish tashkilotla-ri, MTP, gilam toʻqish, poyabzal f-kalari, milliy kulolchilik, qan-dolatpazlik, non sexlari, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Tumanda hunarmandchilik (beshiksoz-lik, kulolchilik, temirchilik, kash-tachilik, zargarlik, kulchapazlik, holvapazlik va b.) qadimdan rivoj-langan.

Q. x. da paxtachilik va gʻallachilik asosiy urin tutadi, chorvachilik, sabzavotchilik tarmoqdari ham mu-himdir. Sugʻoriladigan 22,1 ming ga yerning 10,8 ming gektariga paxta, 7,2 ming gektariga don, 3,1 ming gektariga yem-xashak ekinlari, shuning-dek, kartoshka, sabzavot ham ekila-di. Gʻijduvon oʻrmon xoʻjaligi (mayd.28,5 ming ga) tashkil qilingan (1980-y. dan). U Gʻijduvon, Mingchinor, Shoʻrkoʻl, Oʻrtachoʻl boʻlimlaridan iborat: 2,2 ming gektari oʻrmonzor, 27 gektari mevali bogʻ, bodomzor, 12 gek-tari tokzor, 41 gektari plantatsiya. Qolgan yerlari — yaylov. Shirkat, de-hqon, fermer xoʻjaliklari bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklari-da 2,2 ming qoramol (shu jumladan, 741 sigir), 3,5 mingdan ziyod qoʻy va echki, 13,6 ming parranda boqiladi (2004).

Gʻijduvon tumanida 66 umumiy taʼlim maktabi, litsey, 5 kasb-hunar kolleji va oʻkuv muassasalari faoliyat kursatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 55 ta tarmogʻi (345,4 ming nusxa asar), 21 klub muassasasi, madaniyat uyla-ri, madaniyat va istirohat bogʻi, mu-zeylar bor. 35 sport inshooti (shu jumladan, 5 stadion, 2 sport sa-ʻroyi, tennis korti, sport zallari sport maydonchalari va b.) mavjud. 3 kasalxona, 2 poliklinika, stomato-logiya poliklinikasi, 4 hududiy po-liklinika, qishloq vrachlik ambula-toriyasi, 50 qishloq vrachlik punkta, 15 feldsher-akusherlik punkti, 2 dispanser, ayollar konsultatsiyasi, dorixonalar, 2 sogʻlomlashtirish mas-kani aholiga xizmat kursatadi.

Toshkent—Buxoro—Turkmanobod xalqaro avtomobil yoʻli, Buxoro — Toshkent t. y. tuman hududidan oʻtgan. Tuman markazidan Buxoro va viloyat-ning boshqa shaharlariga avtobuslar qatnaydi.

Gʻijduvon tumanida Abduxoliq Gʻijduvoniy masjidi va maqbarasi (12-a.), Ulugʻbek madrasasi (1432—33), Toshmasjid va Dehqonobod xonaqosi (15—16-a. lar), Xoja Soktari masjidi (17-a.), Chor-su masjidi va b. qadimiy meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan. 1931-y. dan «Gʻijduvon hayoti» gaz. chop eti-ladi.

Isroil Nazarov, Xudoynazar Toshev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x