DENOV

DENOV — Surxondaryo viloyatdagi shahar (1958-y. dan). Denov tumani markazi. Kattaligi va aqolisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Dengiz sathidan qariyb 600 m balandlikda. Surxondaryo va Sangardak daryolari oraligʻida. T. y. stansiyasi. Denovdan Termizgacha boʻlgan masofa 156 km. Aholisi 63 ming kishi (2000). Yiliga 360 mm yogʻin tushadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 2,4°, … Читать далее

YANGIBOZOR TUMANI

YANGIBOZOR TUMANI — Xorazm viloyatidagi tuman. 1950 yil da tashkil etilgan. Keyinroq Urganch va Gurlan tumanlariga qoʻshib yuborilgan. Tuman yangidan 1989-yilda tashkil etildi. Shim. gʻarbdan Gurlan, jan. sharqdan Urganch, jan. gʻarb va gʻarbdan Shovot tumanlari, shim. va sharqdan Amudaryo orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,34 ming km2. Aholisi 66,4 ming kishi (2005). Yangibozor tumanida … Читать далее

GʻAZALKENT AKSIYADORLIK FIRMASI

«GʻAZALKENT» AKSIYADORLIK FIRMASI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. «Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasi tarkibida. Asosan, meva va sabzavotlar asosida yuqori sifatli bolalar taomlarini i. ch. ga ixtisoslashgan. Tomat pastasi, uzum sharbati, meva boʻtqalari va pektinli ichimliklar, turli konservalar, marinadlangan sabzavotlar ishlab chiqaradi. 3-d qurilishi 1942-y. da evaku-atsiya qilingan Grozniy konserva z-di uskunalari bazasida 1943-y. da boshlangan. 1956—75 y. … Читать далее

GʻIJDUVON

GʻIJDUVON — Buxoro viloyati Gʻij-duvon tumanidat shahar (1972-y. dan), tuman markazi. Buxoro sh. dan 49 km shim.-sharqda, Buxoro vohasining yuqori qismida joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Qiziltepa (17 km). aholisi 38,6 ming kishi (2003). Gʻijduvon toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar mavjud. Shulardan «Kish tuvon» («kish» tojikcha ekin ekuvchi, «tu-von» — … Читать далее

GʻAZALKENT

GʻAZALKENT — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumaniaagi shahar (1964-y. dan), tuman markazi. T. y. stansiyasi. Chirchiq daryosining chap sohilida, Toshkent sh. dan 58 km shim.-sharqda, Oqsoqota soyining Chirchiq daryosiga quyilish joyida, oʻrtacha 700 m balandlikda, seysmik zonada joylashgan (8—9 ball). Aholisi 20,7 ming kishi (2004). Gʻazalkent toponimi prof. H. Hasanovning fikricha, gʻizol (ohu) soʻzidan tarkib topgan. … Читать далее

GʻOʻZA SELEKSIYASI VA URUGʻCHILIGI INSTITUTI

GʻOʻZA SELEKSIYASI VA URUGʻCHILIGI INSTITUTI, G. S. Zaysev nomidagi Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi — Oʻrta Osiyodagi yirik ilmiy muassasa. Toshkent viloyati Qibray tumani Salor shaharchasida joylashgan. 1965-y. da mustaqil in-t sifatida tashkil etilgan (1922-y. da Turkiston seleksiya st-yasi, 1930—60 y. larda SoyuzNIXIning Markaziy seleksiya st-yasi, 1960—65 y. larda Soyuz NIXI filiali). … Читать далее

GʻUZOR TUMANI

GʻUZOR TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Shim. dan Qamashi, Chiroqchi, sharqdan Dehqonobod, gʻarbdan Qarshi va Nishon tumanlari, jan. da 25 km masofada Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 2,62 ming km2. Aholisi 147 ming kishi (2005). Tumanda I shahar (Gʻuzor), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Batosh, Gulshan, Xalqo-bod, Shakarbuloq, Qorapul, Pachka-mar, … Читать далее

GʻAZNAVILAR DAVLATI

GʻAZNAVILAR DAVLATI — Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Mova-rounnahr va Xorazmda gʻaznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. Gʻ. d. ga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna sh. nomidan olingan. Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va b.) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining … Читать далее

GʻAVVOSLIK

GʻAVVOSLIK — suv ostida turli i. t. va amaliy ishlarni bajarish maqsadida odamlar (gʻavvoslar)ni maxsus kiyimlarda suv ostiga tushirish bilan bogʻliq faoliyat sohasi. Qadimda (ayrim joylarda hozir ham) odamlar suvga hech qanday vositalarsiz, nafasini 1—2 min. ichiga yutib, 20—30 m chuqurlikkacha shoʻngʻiganlar. Keyinchalik nafas olish uchun qamish nay, havo toʻldirilgan mesh, havo yostigʻi ishlatiladigan boʻldi. … Читать далее

BIBLIOGRAFIYA

BIBLIOGRAFIYA (yun. biblion kitob va… grafin) — matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum ijtimoiy maqsadlarda targʻib qilish b-n shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan B. fani deb ataladi. Bibliografiya taraqqiyotini turli xil bibliografik maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus … Читать далее