DENOV

DENOVSurxondaryo viloyatdagi shahar (1958-y. dan). Denov tumani markazi. Kattaligi va aqolisining soni jihatidan Termizdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Dengiz sathidan qariyb 600 m balandlikda. Surxondaryo va Sangardak daryolari oraligʻida. T. y. stansiyasi. Denovdan Termizgacha boʻlgan masofa 156 km. Aholisi 63 ming kishi (2000). Yiliga 360 mm yogʻin tushadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 2,4°, iyulniki 28,2°. D. qad. shahar. Yozma manbalarda 14-a. oxirlaridan «Dehinav» shaklida, yaʼni «Yangi qishloq» mazmunida tilga olingan. Mahmud ibn Vali (17-a) ning yozishicha, Dehinav ajoyib bozori, katta masjidi va xonaqosi boʻlgan mustahkam qalʼashahar hisoblangan. Baʼzi tadqiqotchilar Chagʻoniyon sh. D. urnida boʻlgan, deb hisoblab kelishgandi. Arxeologlarning aniqlashiga koʻra, Chagʻoniyon sh. aslida Denovdan 6 km jan.-sharqda joylashgan Budroch manzilgohi oʻrniga toʻgʻri keladi (q. Budrochtepa). D. ning hoz. oʻrnida mil. av. 2-ming yillik oxirlarida manzilgoh boʻlgan. Moʻgʻullar istilosidan keyin Chagʻoniyon sh. mavqei pasayib ketgach, temuriylar davrida Dehinav asosiy markazlardan biriga aylandi. Arxeologik topil-malar Denov qalʼasi 15-a. ga oidligini, uni mustahkam qoʻrgʻon boʻlganligini tasdiqlaydi. Denov qalʼasi murakkab meʼmorlik obidasi boʻlib, chor atrofida xandaq qazilgan. Qalʼaning diametri 110 m boʻlib, qalin devor bilan oʻralgan.

Denov 17—18 – a. larda Buxoro xonligi tar-kibida karvon savdosining markazlaridan boʻlgan, shaharda hunarmandchilikning yuzdan ziyod turi, ayniqsa koʻn-charm tayyorlash, etikdoʻzlik, toʻquvchilik, zardoʻzlik, qandolatchilik, oʻyinchoqsozlik va h. k. rivojlangan. 1907-y. D. da amirning soliq siyosatiga qarshi iirik xalq harakati boʻlib oʻtgan. 1920-y. D. da shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, hunarmandchilik ustaxonalari yopilib, shaharga savdo mollari kelishi toʻxtab qoldi. 1925-y. D. orqali oʻtuvchi Termiz—Dushanbat. y. qurildi. Denov sanoat korxonalari bilan nafaqat viloyatda balki respublikada munosib oʻrin tutadi. Sanoat korxonalari, asosan, viloyatda yetishtirilgan q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. «Denovsut» korxonalari, paxta tozalash, mexanika, araq-vino, konserva z-dlari, paxta titish f-kasi bor. D. da ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng yoʻl ochilgan. Kichik korxona, firma, shirkatlar faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar tayyorlanayapti. Mustaqillik yillarida shaharda hunarmandchilikning ravnaqiga katta eʼtibor berilgan. Be-shiksozlik, sandiqsozlik, temirchilik, duradgorlik va b. rivojlangan. Hunarmandlar ayniqsa sandiqsozlikni sanʼat darajasiga koʻtarganlar. 8 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, xorijiy tillar, kimyo, fizika-matematika litseylari, tibbiyot bilim yurti, shahar biznes maktabi, bolalar sanʼat maktabi, poliklinikalar, 13 kutubxona (200 ming nusxa kitob), madaniyat va istirohat bogʻlari, dehqon bozori mavjud. Denovdan Oʻzbekistan poytaxti Toshkentga va yana bir qancha viloyat markazlariga muntazam avtobuslar qatnaydi. Shahar hududida meʼmoriy yodgorliklardan Said Otaliq madrasasi (16-a.) saqpangan. Madrasani asl holiga qaytarish ishlari olib borilmoqda. Uning old qismidagi hudud obodonlashtirilgan. 1992-y. da Denov televideniyesi ish boshladi.

Sayfulla Tursunov, Javli Tursunov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x