DERMATOMIKOZLAR

DERMATOMIKOZLAR (dermato… va yun. mykes — zamburugʻ) — terining zamburugʻli kasalliklari; parazit zamburugʻlar (dermatomitsetlar) qoʻzgʻatadi. Dermatomikozlar 4 xil boʻladi: 1) keratomikozlar — zamburugʻlar terining eng ustki muguz qavatida yoki soch kutikulasida boʻladi; unda yalligʻlanish, ogʻriq, qichishish alomatlari kuzatilmaydi. Bunga qipiqdi temiratki, eritrazma, pyedra (sochdagi suv sirka), qoʻltiq trixomikozi kiradi; 2) epidermomikozlar — zamburugʻlar terining muguz … Читать далее

DISMENOREYa

DISMENOREYa (due… va yun. men — hayz, rhoira — kechish) , algomeno-r ye ya — hayzning ogʻriqli kechishi. Dismenoreyada, odatda, qorin pasti, bel va dumgʻaza sohasi ogʻriydi. Ogʻriq hayzdan oldin yoki uning dastlabki kunlari paydo boʻlib, butun hayz kunlari davomida kuzatiladi. Baʼzan koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrigʻi, umumiy ahvolning oʻzgarishi hollari kuzatiladi. Dismenoreya birlamchi va … Читать далее

INDUKTOTERMIYA

INDUKTOTERMIYA (lot. inductio – kiritmoq va yun. therme — issiq) — elektr bilan davolash usullaridan; bunda bemor badanining muayyan joyiga yuqori chastotali (10—40 mgs) oʻzgaruvchan tok b-n taʼsir etiladi. Induktotermiya max-sus DKV2 apparatida oʻtkaziladi. Yalligʻlanish b-n kechadigan, shuningdek, nerv-qon tomir kasalliklarining oʻrtacha oʻtkir yoki surunkali xillarini davolashda qoʻllanadi. Пост Навигацияси

KAVERNA

KAVERNA (lot. caverna — gʻor, boʻshliq) — odam va hayvonlar ichki aʼzolari (oʻpka, jigar, buyrak, suyaklar) toʻqimasining zararlanib, irishi natijasida hosil boʻlgan kovak (boʻshliq). Kaverna, koʻpincha, kavernali sil, yiringli yalligʻlanish va h. k. da paydo boʻlib, patologik jarayon hamda turli asoratlarning avj olishiga olib keladi. Kavernaning diametri har xil; oʻpkaning bir boʻlagini yoki butunlay hammasini … Читать далее

INFILTRAT

INFILTRAT (lot. in — ichiga va fi ltratus — sizilib toʻplangan) — patologik jarayon; odam va hayvon organizmida, asosan, yalligʻlanish roʻy bergan joyda aʼzo yoki toʻqima atrofida qon va limfa aralash hujayra elementlarining toʻplanishi. Kelib chiqishi, tarkibi va h. k. ga koʻra, Infiltratning bir necha turi farq qilinadi. Koʻproq oʻsma hujayralaridan iborat oʻsma Infiltrati yoki … Читать далее

KOMPRESS

KOMPRESS (lot. compressus — qisilgan) — shifo maqsadida qoʻyilgan issiq yoki sovuq boylam. Ogrigan aʼzoni sovqotishdan va b. tashqi taʼsirotlardan himoya qilish uchun bir necha qavat doka yoki qalin paxta qatlamdan iborat quruq Kompressdan foydalaniladi. Shifobaxsh taʼsir koʻrsatish maqsadida nam Kompress qoʻllanadi. Bu K. ning sovuq, qaynoq, issiq va dorili xillari boʻladi. Shifokor buyurgan Kompressni … Читать далее

BRONXIT

BRONXIT — bronxlar (asosan shilliq pardasi)ning yalligʻlanishi. Nafas aʼzolarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan biri. Bronxit oʻtkir va surunkali boʻladi. Kasallikni koʻpincha pnevmokokklar, gemolitik streptokokklar, stafilokokklar, gripp virusi, Fridlender tayoqchasi va b. keltirib chiqaradi. Sovuqqotish, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish, tamaki chekish, baʼzi kimyoviy moddalardan surunkali zaharlanish; yuqori nafas yoʻllarida infeksiya oʻchogʻi borligi (sinusit, gaymorit) ham oʻtkir Bronxit … Читать далее

BLOKADA

BLOKADA (ing. blockade — qamal, qurshamoq) — 1) (harbiy) — harbiy harakatni amalga oshirishning dushman obyektini ajratib, yakkalab, tashqi aloqalarini izdan chiqarishga qaratilgan alohida shakli. Bundan maqsad dushman davlatning harbiyiqtisodiy qudratini sindirib, taslim boʻlishga majbur etishdan iborat (yana q. Qamal); 2) (siyosiy) — biror davlatni muayyan talabni bajarishga majbur etish maqsadida uning tashqi aloqalariga putur … Читать далее

GEPATOZ

GEPATOZ (yun. hepar — jigar va osis — kasallik) — bir qator jigar kasalliklarining umumiy nomi; yalligʻlanish alomatlari ozgina boʻlgani yoki umuman boʻlmagani holda jigar parenximasining distrofik oʻzgarishi bilan ifodalanadi. Yogʻli, pigmentli va xolestatik xillari bor. Yogʻli Gepatozda jigarni yogʻ bosadi, bu — ovqatlanish tarzi buzilganda, jigar toʻqimasiga zaharli, ayniqsa spirtli moddalar taʼsir etganda, shuningdek … Читать далее

GEKSAMETILENTETRAMIN

GEKSAMETILENTETRAMIN (Hexamethylentetraminum) , urotropin, geksamin, urizol, metenamin — antiseptik modda, ammiakni formaldegidning suvdagi eritmasiga taʼsir ettirib olinadi. Rangsiz yoki oq hidsiz kristall modda. Mol. m. 140,19, zichligi 1270 kg/m3 (25°). Suvda eriydi; 14° dan past t-rada barqaror monogidrat hosil qiladi. Efir, benzol va tetraxloretanda yomon eriydi. Chuchmal, bir ozdan keyin achchiq taʼmi seziladi. Kuchsiz kislotalar … Читать далее