GAVDA TEMPERATURASI

GAVDA TEMPERATURASI — odam va issiq qonli hayvonlar haroratining koʻrsatkichi; organizmda issiqlik uzluksiz hosil boʻlishi va atrofga chiqarib turilishi tufayli Gavda temperaturasi doim bir xidda saqlanadi. Organizmning ichki muhit va teri t-rasi farq qilinadi. Ichki aʼzolar t-rasi unda kechadigan biokimyoviy jarayonlar jadalligiga qarab oʻzgarib turadi. Jigar harorati yuqori (39° gacha), teri t-rasi ichki aʼzolar t-rasiga … Читать далее

BACHADON TUSHISHI

BACHADON TUSHISHI — bachadon va diloqning oʻz oʻrnidan pastga siljishi bilan kechadigan kasallik; bunda bachadon toʻla (jinsiy teshikdan chiqib ketadi) yoki qisman (jinsiy teshikdan bachadon boʻyni chiqadi xolos) tu-shishi mumkin. Koʻproq yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi. Ichki jinsiy aʼzolarni oʻz oʻrnida ushlab turadigan chanoq tubi muskullari faoliyatining buzilishi, qorin ichki bosimining ortishi, jinsiy aʼzolarning rivojlanmay qolishi, … Читать далее

BLEFAROSPAZM

BLEFAROSPAZM (yun. blepharon — qovoq va spasmos — spazm) — koʻz aylana muskullarining spastik qisqarishi. Blefarospazm koʻz muguz pardasining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida, koʻz soqqasi shikastlanganda, ogʻiz va burun boʻshligʻi kasalliklarida, allergiya, meningit, isteriya va travmatik nevrozlarda roʻy beradi. Blefarospazm uch shoxli nerv uchlarining qoʻzgʻalishidan kelib chiqadi. Bemor koʻzini ayniqsa yorugʻda ocha olmaydi. Blefarospazm uzoq choʻzilganda … Читать далее

BIOGEN STIMULYATORLAR

BIOGEN STIMULYATORLAR, biologik stimulyatorlar — muayyan sharoitda hayvonlar va oʻsimliklar toʻqimalarida hosil boʻladigan va biologik faollik xususiyatiga ega boʻlgan moddalar. Biogen stimulyatorlar tugʻrisidagi taʼlimot ilk bor V. P. Filatov (1875— 1956) tomonidan ishlab chiqilgan. Biogen stimulyatorlar organizm funksiyalarini tezlashtiradi. Biogen stimulyatorlar li preparatlar oʻsimliklar (aloe bargi ivitmasi) va hayvonlar toʻqimalaridan turli xil omillar (sovitish, qorongʻi … Читать далее

GAYMORIT

GAYMORIT — yuqori jagʻ suyagi boʻshligʻi (q. Gaymor boʻshligʻi) shilliq qavatining yalligʻlanishi. Kechishiga koʻra oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari farq qilinadi. Shamollash, gripp, tumov va b. infeksion kasalliklar, shuningdek burun boʻshligʻi va chirigan tishdan yalligʻlanish jarayonlarining Gaymor boʻshligʻiga tarqalishi, baʼzan yuqori jagʻ suyagining shikastlanishi sabab boʻladi. Oʻtkir Gaymoritni vaqtida davolamaslik yoki chala davolash, baʼzan … Читать далее

BALCHIQ BILAN DAVOLASH

BALCHIQ BILAN DAVOLASH, peloterapiya — torfli, sulfidli, sapropel va b. turdagi balchiqlar (peloidlar)ni davo maqsadida ishlatish. Torfli balchiq asosan chirigan organik moddalar va oʻsimlik qoldiqlaridan iborat. Sulfidli balchiq — anchagina miqdorda sulfidlar, xususan temir sulfid saqlagan shoʻr suv havzalarining organik mineral balchiq qatlamlaridir. Sapropellar esa chuchuk suvli havzalarda hosil boʻladigan oz-moz mineral moddalar aralashgan organik … Читать далее

BETATERAPIYA

BETATERAPIYA — betazarralaraan davo maqsadida foydalanish, nur bilan davolash usullaridan biri; kasallangan aʼzoga yuborilgan radioaktiv izotopning beta nurlanish taʼsiriga asoslanadi. Betaterapiyaning applikatsion (teri va shilliq qavatlar, koʻz oqi va muguz qavatining yalligʻlanish kasalliklari, yuza joylashgan xavfli va xavfeiz oʻsmalarda), boʻshliq orasiga (plevra va qorin sohasidagi oʻsmalar, shuningdek meʼda, yoʻgʻon hamda ingichka ichak, tuxumdon va b. … Читать далее

BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK

BACHADONDAN TASHQARI HOMILADORLIK — urugʻlangan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urugʻlangan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining oʻzida (B. t. h. ning shu xily eng koʻp uchraydi), tuxumdon yoki qorin boʻshligʻida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarida yalligʻlanishga xos oʻzgarishlar (chandiq va b.) boʻli-shi oqibatida ular oʻzining asosiy funkiiyasi, yaʼni … Читать далее

BAKTERIURIYA

BAKTERIURIYA (bakteriyalar va yun. shop — siydik) — siydikda bakteriyalar boʻlishi; buyrak va siydikning yalligʻlanish kasalliklari, shuningdek ich terlama, brutsellyoz, leptospiroz va b. yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Chin va soxta boʻladi. Chin Bakteriuriyada mikroblar siydik yoʻllarida koʻpayib turadi. Soxta Bakteriuriyada mikroblar qondan siydikka oʻtadi-yu, koʻpaymay chiqib ketadi. Yuqoridagi kasalliklarda bakteriyalar qondan siydikka oʻtadi. Siydik chiqarish kanali … Читать далее