GEPATOZ

GEPATOZ (yun. hepar — jigar va osis — kasallik) — bir qator jigar kasalliklarining umumiy nomi; yalligʻlanish alomatlari ozgina boʻlgani yoki umuman boʻlmagani holda jigar parenximasining distrofik oʻzgarishi bilan ifodalanadi. Yogʻli, pigmentli va xolestatik xillari bor. Yogʻli Gepatozda jigarni yogʻ bosadi, bu — ovqatlanish tarzi buzilganda, jigar toʻqimasiga zaharli, ayniqsa spirtli moddalar taʼsir etganda, shuningdek gipoksiya va endokrin buzilishlar, xususan kandli diabetda kuzatiladi. Pigment almashinuvi buzilganda pigmentli Gepatoz roʻy beradi. Xolesterin va oʻt kislotasi almashinuvining buzilishi natijasida jigar ichida oʻt turib qolganda yoki ayrim dori moddalari, mas, aminazin, gormonalkortikosteroid preparatlar suiisteʼmol qilinganda xolestati k G. paydo boʻladi. Davo hamda kasallikning oldini olishda eng muhimi Gepatozga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat. Gepatozning hamma xillarida ovqatlanish tartibi, parhezga rioya qilish, agar kasallik biror dori qabul qilinganida roʻy bersa, uni darhol tuxtatish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x