MASTOIDIT

MASTOIDIT (yun. mastoides — siynasimon) — chakka suyagidagi soʻrgʻichsimon oʻsiq kataklari va suyak toʻqimasi shilliq pardasining yalligʻlanishi; aksariyat hollarda oʻrta quloqning yiringli yalligʻlanishi asorati (q. Otit). Oʻtkir va surunkali, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi Mastoidit farq qilinadi. Quloq sohasida ogʻriqva noxushlik, umumiy ahvolning oʻzgarishi, harorat koʻtarilishi, eshitishning susayishi, qulokdan yiring oqishi va b. kuzatiladi. Baʼzan shu … Читать далее

MASTOPATIYA

MASTOPATIYA (mastit va yun. pathos — azoblanish, dard) , fibroadenomatoz — sut bezi kasalligi (q. Sut bezlari), bunda, kupincha, sut bezining yuqori qismida har xil kattalikda, ushlaganda qoʻlga unnaydigan, ogʻriqli (baʼzan ogʻriqsiz) mayda qattiq tugunchalar paydo boʻladi. Baʼzan ogʻriq hayz davrida yoki undan oldin kuzatiladi. Mastopatiya, koʻpincha, yoshroq ayollarda uchrab, odatda, ichki sekretsiya bezlari (gipatalamo … Читать далее

PROSTATIT

PROSTATIT — prostota bezinnnt yalligʻlanishi. Koʻpincha siydik chiqarish kanali (uretra) yalligʻlanganda, soʻzak, uretrit va b. da infeksiya prostata beziga qon va limfa orqali yoki siydik chiqarish kanalidan oʻtishi na-tijasida kelib chiqadi. Prostatitga sovqotish, koʻp jinsiy aloqa qilish, zax joyda oʻtirish, kam harakat qilish kabi omillar sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Prostatitda bemor … Читать далее

MOYAK ISTISQOSI

MOYAK ISTISQOSI, gidrotsele — moyak pardalari orasida suyuqlik yigʻilishi. Tugʻma va orttirilgan (yalligʻlanish kasalliklarida moyakka shikayet yetganda vujudga keladi), shuningdek, oʻtkir va surunkali xillari ajratiladi. Moyak kattalashib ogʻriydi, bemor yurishga, siyishga yoki jinsiy muloqotda boʻlishga qiynaladi, mehnat faoliyati susayadi. Oʻtkir Moyak istisqosi toʻsatdan boshlanadi, bemorning t-rasi koʻtariladi, yorgʻoq atrofi qizarib, paypaslab koʻrganda qoʻlga qattiq unnaydigan … Читать далее

MURTAK BEZLARI

MURTAK BEZLARI, bodom bezlari — odam va umurtqali hayvonlar limfa sistemasining aʼzolari, limfoid toʻqimalar toʻplami. Ogʻiz boʻshligʻi va halqumning shilliq qavatida joylashgan. Tanglay, til (til ildizida), burunhalqum gumbazida va nay (eshi-tuv naylariningteshiklarida) Murtak bezlari bor. Ular hiqildoqda joylashgan limfa follikulalari bilan birgalikda himoya qiladigan toʻsiq — limfadenoid xalqum halqasini hosil qiladi. Tanglay M. b. shakli … Читать далее

PULPIT

PULPIT — tish boʻshligʻini toʻldi-rib turadigan gʻovak biriktiruvchi toʻqima — pulpanchng yalligʻlanishi. Pulpaga tish chirishi natijasida mikrob kirishi, shuningdek, tishni qon b-n taʼminlaydigan kon tomirlarning jarohatlanishi, tish sinib, pulpaning ochilib qolishi tufayli ham yalligʻlanish roʻy beradi. Turli ki-myoviy moddalar taʼsirida (har xil kislotalar ishlatiladigan korxonalarda ishlaydigan kishilarda) ham Pulpit paydo boʻlishi mumkin. Kasallik koʻpincha toʻsatdan … Читать далее

PERIOSTIT

PERIOSTIT (peri… va yun. osteon — suyak) — suyak pardasi (periost)ning yalligʻlanishi. Suyakning oʻzi, koʻmigi, Govers kanallari, suyak atrofidagi toʻqimalar yalligʻlanishi oqibatida vu-judga keladi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Suyak pardasiga jarohat orqali, qon va limfa bilan yiringlatuvchi mikroblar kirishi yoki yalligʻlanish jarayoni suyakdan bevosita suyak pardasiga utishi natijasida oʻtkir Periostit kelib chiqadi: bemorning darmoni quriydi, … Читать далее

MIYELIT

MIYELIT (yun. myelos — orqa miya) — orqa miyaning yalligʻlanishi. Birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi Miyelitni turli neytrotrop viruslar qoʻzgʻatadi, ikkilamchi Miyelit esa infek-sion-allergik kasalliklar (skarlatina, gripp va h. k.), shikastlanishlar oqibatida yuzaga keladi. Koʻpincha, bir vaqtning oʻzida miya qobiklari, bosh miya va nerv poyasi (stvoli) zararlanadi. Yalligʻlanish jarayoni orqa miyaning harakat va se-zuv funksiyalarini … Читать далее

XURRAK

XURRAK, xurrak otish — nafas yoʻlidan oʻtayotgan havo oqimi taʼsirida hosil boʻladigan tovush. Bunga kichik tilchaning havo oʻtayotganda tebranishi, yaʼni vibratsiyasi sabab boʻladi. Ogʻizni ochib (baʼzan ogʻiz yumuq boʻlganda ham) va chalqancha yotib uxlaganda kishi X. otadi, chunki bunda yumshoq tanglayning oʻta boʻshashishi uchun sharoit yaratiladi. Burunhalqum tuzilishidagi oʻziga xos tugʻma xususiyatlar yoki surunkali yalligʻlanish … Читать далее

TISH

TISH — odam va koʻpchilik jagʻogʻizli umurtqali hayvonlar ogʻiz boʻshligʻi (baʼzi balikdar halqumi)dagi suyak tuzilma; ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Embrional rivojlanish davrida Tish epitelial burmalar — tish plastinkalaridan hosil boʻladi. Homiladorlikning 5haftasidayoq hrmilada Tish shakllana boshlaydi. Tishlar ketma-ket joylashib, … Читать далее